May oyining oxirgi dushanbasi Amerikada Xotira kuni. Urushlarda o'lganlar, harbiy xizmat paytida halok bo'lganlar va boshqa qahramonlar xotirlanadi. Prezident Donald Tramp zobitlar va ularning oilalarini qutlab, vatan uch jonini fido qilgan amerikaliklarni o'z yurtining asl farzandlari deb atadi. Xotira kuni AQShda yozning boshlanishi demakdir. 1971-yilda Kongress uni federal bayram deb belgilagan. Vashingtonda yuzlab ming odam yig'ilib, harbiy qabristonga boradi. shuningdek, yodgorliklarni ziyorat qiladi.
Video: Vashingtonda urush qatnashchilari mototsiklda parad qilmoqda
Prezident Tramp mudofaa va xavfsizlik uchun mablag'ni oshirishga bel bog'lagan. Ijtimoiy himoyani qirqmoqchi. Urush faxriylari bunga qarshi. Bayram kunlarida poytaxt va boshqa yirik shaharlarda namoyishlar o'tkazilib, iste'fodagi zobitlar hukumatni yetti o'lchab bir kesishga, harbiy siyosatni qayta ko'rib chiqishga chaqirmoqda.
Bu yil tinchlikparvar prezident Jon Kennedi tavalludiga 100 yil to'ldi. Shu munosabat bilan diplomatiya, barqarorlik va murosa singari tushunchalarga urg'u berilib, mamlakat bo'ylab tadbirlar o'tmoqda. Amerikani 1961-63-yillar orasida boshqargan Kennedi kuch faqat harbiy qudratda emas degan gaplari bilan tarixga kirgan.
Facebook Forum