Breaking News

Tinch okeani himoyasi yo'lida AQSh baliqchilik va tadqiqotlarni cheklaydi


Atrof-muhit himoyachisi, aktyor Leonardo Dikaprio "Bizning okean" xalqaro konferensiyasida qatnashmoqda, Vashington, AQSh, 17-iyun, 2014-yil.
Atrof-muhit himoyachisi, aktyor Leonardo Dikaprio "Bizning okean" xalqaro konferensiyasida qatnashmoqda, Vashington, AQSh, 17-iyun, 2014-yil.
AQSh prezidenti Barak Obama Tinch okeanida atrof-muhit himoyasi uchun yangi tashabbus bilan chiqdi. Bu qarorini u okeanlar haqida o’tgan xalqaro konferensiyada ma’lum qildi.
Tinch okeani muhofazasi, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:27 0:00
Yuklab oling

Uzoq yillardan beri olimlar ifloslanish va ko’p baliq ovlash natijasida okeanlarda vaziyat og'irlashib borayotgani haqida ogohlantirib keladi.


Prezident deydiki, Tinch okeanining ifloslanishi va noqonuniy baliqchilikka qarshi yangi strategiya ishlab chiqariladi.

“Suv, hayvonot dunyosi bulg’anmoqda, noqonuniy baliqchilik ko’plab jonivorlarning qirilib ketishiga sabab bo’layapti. Shu bilan birga, baliq tutib tirikchilik qiladigan oilalar nonidan ayrilmoqda. Agar biz bu muammolarga bee’tibor bo’lsak, okeandagi zaxiralarning tugab bitishiga yo’l qo’yib bersak, dunyoning, jumladan, AQShning asosiy oziq-ovqat va iqtisodiy o’sish manbasini boy beramiz. Biz bunga yo’l qo’ymaymiz”, - dedi prezident Obama.

Uning murojaati yozilgan video Davlat departamentida o’tgan “Bizning okean” nomli konferensiyada qo’yib berildi.

Markaziy Tinch okeanida baliq ovlash va tadqiqotlar o’tkazishni taqiqlovchi choralar Vashingtonda siyosiy bahslarni keltirib chiqarishi kutilyapti.

“Xuddi tog’larimizni, daryo va o’rmonlarimizni qo’riqlaganimizdek, suv osti zaxiralarini himoya qilishda ham prezident sifatida vakolatlarimni ishga solaman”, - dedi Obama.

Atrof-muhit himoyachisi, aktyor Leonardo Dikaprio tashabbusni qo’llab-quvvatlaydi.

“Har yili bir necha milliard odam protein olish uchun dengiz mahsulotlarini iste’mol qiladi. Shunga qaramay, biz muhim suv havzalarini himoya qilishni eplolmayapmiz. Okeanlarni asrash uchun hozir nimadir qilmasak, nafaqat delfinlar yoki akulalar, balki hammamiz, jumladan, bolalarimiz va nabiralarimiz ham bundan aziyat chekadi”, - dedi Dikaprio.

Konferensiyani Davlat kotibi Jon Kerri olib bordi. Unda xorijlik rasmiylar, okeanshunos olimlar va tabiat himoyachilari ishtirok etdi.

“Bugun okean muhofazasi uchun bir milliard dollardan ortiq mablag’ sarflash bo’yicha kelishib oldik”, - dedi Jon Kerri.

U, shuningdek, noqonuniy baliqchilik savdosiga chek qo’yuvchi xalqaro port qonunini ratifikatsiya qilish uchun lozim bo’lgan davlatlar soni ortib borayotganini ma’lum qildi.
Obamaning yangi tashabbusi shu yil oxiriga borib kuchga kirishi belgilangan.

Okeanlar himoyasi yo'lida - US & Oceans
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:18 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG