AQSh xokkeychi ayollari Londonda o’tadigan Olimpiadaga tayyor. Maqsad faqat g’alaba. Shu paytgacha komanda bir marta, 1984-yili Los- Anjelesda kechgan Olimpiya O’yinlarida oltin medal olgan.
Loren Krendell – AQShning xokkey bo’yicha ayollar jamoasi kapitani. U yaqinda Merilend shtatida bo’lib o’tgan milliy chempionatda yuksak mahorat namoyish qildi. O’sha yerda Krendell va boshqa sportchilar Olimpiadada qatnashish uchun milliy terma jamoaga tanlab olindi.
Krendell uchun bu azaliy orzu emas edi.
“Men yoshligimdan Olimpiadada qatnashishni orzu qilmaganman. Albatta, orzum shu edi, unga intilganman, deyish oson. Lekin unday deyolmayman. Biroq ancha mehnat qilganim aniq. Men raqobatni, g’alabani yaxshi ko’raman”.
27 yoshli Krendell ilgari futbol o’ynagan. So’ngra xokkeychiga aylangan. Terma jamoada markaziy himoyachi.
Qizlarni Olimpiadaga tayyorlayotgan trener Li Bodimid 1992-yilda Avstraliyadagi Olimpiya o’yinlarida kumush medal olishga muvaffaq bo’lgan. Krendell kuchli sportchi, deydi u.
“U har tomonlama qobiliyatli. Juda idrokli. O’yinni yaxshi tushunadi. To’p uzatishda tenggi yo’q. Hujum ham qiladi, yaxshi himoyachi ham. Boshqalarga yetakchilik qila oladigan noyob o’yinchi”.
Krendell jamoa ruhiyatini yuqori darajada saqlab turadigan o’yinchi, deydi Bodimid. O’yinchilarning bir-biriga ishonishi, bir-birini quvvatlab turishi juda muhim, deydi trener.
Krendelldan tashqari terma jamoaning yana olti a’zosi 2008-yilda Pekinda o’tgan Olimpiya O’yinlarida qatnashgan.
“Tajribali o’yinchilarimiz bor. Ularning mahorati juda baland. Yoshroq, ya’ni yangilarini oladigan bo’lsak, ular ham nihoyatda qobiliyatli, ko’zga tashlanadigan o’yinchilar,” - deyri trener.
Komanda o’tgan yilgi mintaqaviy chempionatda Argentinaga boy bergan edi. O’yinchilar keskin bosim va tanqid ostida.
Jamoa hozir dunyo bo’ylab 10-o’rinda. Ammo g’alabaga umid bor, deydi Krendell. Sportchilar orasida bu safar ishonch bag’oyat kuchli, deydi u:
“Xalqaro musobaqada to’g’ri paytda, ya’ni tayyorgarlik a’lo darajada bo’lganida qatnashish katta ahamiyatga ega. Biz ko’pgina mashqlardan o’tdik, tayyorgarlik ko’rdik. Londondagi Olimpiya o’yinlarida podiumda birinchi o’rinda turishimizga ishonamiz”.
Trener ham “Olimpiya cho’qqisini zabt etishga tayyormiz”, deydi.
“Hech kim Olimpiadaga shunchaki qatnashish uchun bormaydi. Barchaning maqsadi bir – g’alaba. Men ham shunday bo’lishi kerakligiga ishonaman. O’zimizni ko’rsatamiz va natija ham biz xohlagandek bo’ladi”.
Natija esa - birinchilik. Agar jamoa yutsa, 1984-yildan buyon bu birinchi oltin medal bo’ladi.