Qo’shma Shtatlarda o’tkazilgan ijtimoiy so’rovlar natijalariga ko’ra, “Islomiy davlat” jangarilariga qarshi faolroq, keskinroq chora tarafdorlari soni oshib borayapti.
“Wall Street Journal” nashri va “NBC” telekanali o’tkazgan savol-javobdan ayon bo’lishicha, Amerikada 61 foiz aholi jangarilarni havodan nishonga olish kerak deb hisoblaydi.
“Washington Post” gazetasi va “ABC” telekanali so’roviga ko’ra, 71 foiz fuqaro Iroqda havo zarbalarini qo’llab-quvvatlayapti.
Suriyadagi harbiy havo hujumlarini esa 65 foiz odam yoqlagan.
“Pew” ijtimoiy so’rov markazining so’nggi tahlilicha, amerikaliklarning 54 foizi nazarida AQSh tashqi siyosati qat’iyatli, yetarlicha keskin emas.
Iroqda yaqinda amerikalik ikki jurnalist qatl etilgani ketidan jamoatchilik kayfiyatida o’zgarish ro’y berdi, deydi tahlilchi Karlin Bauman.
Amerika jamoatchiligi “Islomiy davlat”ning xavfini tushunib yetdi va bu urush osonlikcha tugamasligini biladi, deydi u.