Breaking News

Tramp davrida AQSh va Tinch okeani mintaqasi munosabatlari qanday bo'ladi?


Tinch okeani mintaqasidagi harbiy mashg'ulotlarni boshqaruvchi general-leytenant Stefan Lanza
Tinch okeani mintaqasidagi harbiy mashg'ulotlarni boshqaruvchi general-leytenant Stefan Lanza

2017-yil AQShning Tinch okeani hududidagi davlatlar bilan aloqalarida murakkab davr bo'lishi kutilyapti. Prezidentlikka saylangan Donald Trampning qanday siyosat yuritishi hanuz mavhum.

Xalqaro dengiz yo'llarining ochiqligini ta'minlashda Xitoydek yirik va agressiv davlatning tahdid ekanini tushunsa bo'ladi.

Ammo Filippin va Shimoliy Koreya kabi kichik o'lkalar ham mintaqada katta to'lqinlar chiqarishga urinmoqda.

"Prezident Obama Trampga aytganidek, Shimoliy Koreya jiddiy e'tibor berilmagan xavfdir", - deydi tadqiqotchi Maykl Oxanlon.

Ekspertlarning aytishicha, Shimoliy Koreya har yili 5-6 ta yadro qurolini yasamoqda. Pxenyan hozir bu raketalarni uchirish salohiyatiga ega, ammo hali mo'ljalga to'g'ri ura olmasligi mumkin, deydi rasmiylar.

Filippinda Rodrigo Duterte prezident bo'lganidan beri AQShning azaliy ittifoqchisi undan uzoqlashmoqda.

AQSh harbiylari mintaqa davlatlari bilan har yili harbiy mashqlar o'tkazadi. Kelasi yilgi mashg'ulotlarda ofatlar paytida tezkor yordam ko'rsatish mashq qilinadi.

Filippinda ham bu galgi harbiy tayyorgarlik jangga hozirlik emas, balki insonparvarlik yordamini ko'rsatish haqida bo'ladi.

"Filippin bilan hanuz birga ishlayapmiz. Amaliyotlar bo'yicha o'zgarishlarni qilishimiz mumkin. Biz bunga tayyormiz", - deydi AQSh armiyasi generali Stefan Lanza.

Shunga qaramay, hududda AQSh harbiylarining hozirligi hanuz kuchli. Tinch okeani mintaqasida to'rtta avianosets bor.

AQSh armiyasi Janubiy Koreya, Filippin va Tailand bilan og'ir qurollar ishtirokida muntazam harbiy mashg'ulotlar o'tkazib keladi. Kambodja ham yaqinda ularga qo'shildi.

Vyetnam mashqlarda qatnashishga qiziqish bildirmoqda.

"Xavflarni bartaraf qilish uchun o'sha yerda bo'lishingiz kerak. Mojaroning oldini olish uchun bu zarur. Tinch okeani hududida hamkorlik qilayotganimizni hamkorlarimiz qadrlashadi", - deydi general-leytenant Stefan Lanza.

General Lanzaning aytishicha, zarur paytlarda davlatlar hamkorlikda ishlay olishlari uchun bunday mashg'ulotlarni o'tkazish muhim.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG