Breaking News

AQSh va Pokiston harbiy rahbarlari munosabatlarni muhokama qildi


AQSh-Pokiston harbiy muzokaralari, Ravalpindi, 27-mart, 2012-yil
AQSh-Pokiston harbiy muzokaralari, Ravalpindi, 27-mart, 2012-yil

Pokiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi rahbari general Ashfaq Parvez Kiyaniy AQSh bilan munosabatlarni oydinlashtirish va o'tmishdagi muammolarni muhokama qilish maqsadida AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy Qo'mondonligi rahbari general Jeyms Mattis va NATOning Afg'onistondagi qo'mondoni general Jon Allen bilan Ravalpindida uchrashdi.

O'tgan yil 26-noyabrida 24 pokistonlik askar o'limiga sabab bo'lgan NATO havo hujumi va chegaradagi harakatlarni muvofiqlashtirish yo'llari xususida gap ketgan.

O'sha noxush voqeadan so'ng ikki davlat munosabatlari sovuqlashib, Pokiston AQSh va NATO qo'shinlari uchun Afg'onistonga yuk eltuvchi yo'llarni to'sib qo'ygan.

Pokiston parlamenti AQSh bilan aloqalarni qayta ko'rib chiqmoqda va hamkorlikning yangi qoidalari xususida munozara ketmoqda. Pokiston AQShdan voqea uchun uzr so'rashni talab qiladi, ammo Qo'shma Shtatlar nazarida hujum anglashilmovchilik oqibati bo'lgan.

Prezident Obama nazarida rasmiy Islomobod aloqalarni qayta ko'rib chiqish jarayonida AQShning xavfsizlik ehtiyojlari va manfaatlarini ham hisobga olishi lozim.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG