AQSh va Filippin so'nggi 15 yilda eng yirik qo'shma harbiy mashqlarni boshladi. Mashg'ulotlardan maqsad mintaqada harbiy tayyorgarlikni oshirish. Ikki mamlakat harbiylari har yili birga mashq qiladi. Bu yilgisida 11 ming, o'tgan yilga qaraganda ikki baravar ko'p askar qatnashmoqda.
AQSh Xitoy harbiy qudrati oshib borayotganidan va Pekinning Janubiy Xitoy dengizidagi da'volaridan xavotirda. Filippin va dengiz atrofidagi mamlakatlar ham tashvishda.
AQSh Prezidenti Barak Obamaning aytishicha, Xitoy kichikroq davlatlarga iqtisodiy va harbiy qudrati bilan do'q-po'pisa qilmoqda.