Breaking News

AQSh hukumati fuqarolar kimga telefon qilganini kuzatib borgan


Amerika Federal qidiruv agentligi, Oq uy va “Verizon” kompaniyasi buni izohlaganicha yo’q.
Amerika Federal qidiruv agentligi, Oq uy va “Verizon” kompaniyasi buni izohlaganicha yo’q.
AQSh Milliy xavfsizlik agentligi mamlakatning yirik telefon kompaniyasidan millionlab fuqarolarning raqamlari, kimga qo’ng’iroq qilganiga doir ma’lumotni yashirincha yig’ib borgan.

Amerika sudi tomonidan aprelda chiqarilgan qarorga ko’ra, “Verizon” kompaniyasi Qo’shma Shtatlarning o’zida va chet el bilan terilgan raqamlarni har kuni hukumatga topshirib borgan.

Bu haqda avvaliga Britaniyaning “Guardian”, keyinroq AQShning “Washington Post” va “New York Times” nashrlari xabar bergan. Amerika Federal qidiruv agentligi, Oq uy va “Verizon” kompaniyasi buni izohlaganicha yo’q.

Sud qarori Patriot aktiga muvofiq amalga oshirilgan. Bu hujjat 2001-yilning 11-sentabrida al-Qoidaning Qo’shma Shtatlarga hujumidan keyin qabul qilingan va terrorizmda gumon qilinayotgan shaxslarni erta aniqlashga imkon berishi ko’zda tutilgan edi.

Sal oldin Adliya vazirligi yirik axborot agentligi muxbirlarining telefonlari, kimga sim qoqqani haqidagi ma’lumotni pinhona qo’lga kiritgani ayon bo’lgan edi.

“Associated Press” axborot agentligi bilan bog’liq bu mojaro ketidan Obama ma’muriyati jamoatchilik tomonidan siquvga olinmoqda. Faollar nazarida hukumat so’z va axborot erkinligini qo’pollarcha buzayapti.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG