Breaking News

Siyosiy reklamalarga millionlab dollar pul sarflanyapti


2012-yilgi prezidentlik poygasi Amerika tarixidagi eng qimmat jarayon bo’lishi kutilmoqda. Ikki yil ilgari Oliy sud saylovchilarga va saylov natijasiga ta’sir o’tkazmoqchi bo’lgan targ’ibotchi tashkilotlarga istagancha pul sarflash huquqini bergan edi.

Siyosiy reklamalar uchun millionlab dollar/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:01 0:00
Yuklab oling


"Amerika iqtisodiyotini kim yaxshiroq eplaydi"? – Bu savol bugun tez-tez quloqqa chalinyapti.

Havo mavjlarida siyosiy reklamalar…

Obama 800 milliard dollarni ko’kka sovurdi, deyiladi roliklardan birida.

Saylov kampaniyasining boshlanishi bu hali.

Mitt Romnining 200 million dollar puli bor. Qo’yib bersa, bir foiz soliq to’lashga yo’q demaydi, deyiladi efirga uzatilayotgan boshqa bir reklamada.

Bu reklamalarni hech kimga notanish guruhlar moliyalaydi.

AQSh Oliy sudi qarshisida deyarli har hafta namoyishlar. 2010-yilda sud qarori bilan korporatsiyalar, kasaba uyushmalari va badavlat fuqarolarga saylov paytida istagancha pul sarflashga ruxsat berilgan edi.

“Korporatsiyalar siyosatchilarning burnidan ip o’tkazib olgan”, - deydi namoyishchilardan biri.

Saylov xarajatlarini kuzatib boruvchi nohukumat tashkilot ma’lumotiga ko’ra, 2004-yilda mustaqil guruhlar siyosiy reklama uchun 69 million dollar sarflagan bo’lsa, 2008-yilda bu raqam 156 millionga yetdi. Joriy yilda esa shu kungacha qariyb 300 million dollar sarflangan, noyabrgacha bu raqam bir necha karra o’sadi.

“Bizni tashvishlantirayotgani korrupsiya”, - deydi Meri Boyl, Common Cause nohukumat tashkiloti vakili.

“Xalq saylagan vakillarga ta’sir o’tkazish uchun buncha pulni kim sarflayapti, nima uchun, bizga qorong’u. Lekin jamoatchilik bilishi kerak”.

Tahlilchilar fikricha, saylovchilar salbiy ruhdagi ustma-ust reklamalardan xafsalasi pir bo’lib, saylov jarayoniga umuman ishonmay qo’yishi mumkin. Heritage jamg’armasidan Maykl Frank fikricha:

“Saylovga bir dunyo mablag’ va cheksiz resurslarni sarflab, eng muhimi, saylovchi ko’ngliga, fuqarolar ko’ngliga yo’l topa olmayotgan bo’lsangiz, hammasi behuda”.

Ikkilanib turgan saylovchilar ozchilik bo’lsa-da, natijani ular hal qiladi. Demak, reklamalar hali-beri to’xtamaydi.

Prezidentlikka nomzodlar – Barak Obama va Mitt Romnining reytinglar bo’yicha imkoniyatlari deyarli teng. Saylov 6-noyabrda o’tadi.

AQShda saylovoldi mashmashalari/US Political Scandals
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:15 0:00

Amerikada saylov va moliya/US Politics Money
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:43 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG