Breaking News

Romni: AQSh arab dunyosiga nisbatan aniq siyosat yuritishi kerak


AQShda prezidentlikka da’vogar respublikachi arbob Mitt Romni demokrat raqibi, amaldagi rahbar Barak Obamani nishonga olmoqda.

Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:30:00 0:00
Yuklab oling


Uning aytishicha, arab dunyosidagi qon to’kilishlar, xususan, Liviyada Amerika elchisining o’limi, shunchaki, to’siq yoki dovon emas. U shu tariqa Obamaning yakshanba kungi chiqishiga ishora qilmoqda.

Prezident matbuotga bergan intervyusida arab dunyosi diktaturadan demokratiya sari intilar ekan, yo’lda dovonlar uchrashi aniq, degan edi.

Mitt Romni fikricha, Amerika Yaqin Sharqda aniq siyosat bilan chiqishga qodir prezidentga munosib.

Romni bugun Nyu-Yorkda Bill Klinton nomidagi global jamg’armada so’zlamoqda. Uningcha, Amerika tashqi yordamni vaqtincha tashabbuslarga isrof qilish o’rniga uzoq muddatli loyihalarga sarflashi lozim.

Qo’shma Shtatlar global sahnada kechirim so’rashni bas qilishi darkor, dedi respublikachi arbob. Romni, shuningdek, erkin savdoni targ’ib qilib, bu yo’ldagi cheklovlarni olib tashlashga chaqirdi.

Obama va Romni o’rtasida uch debatning birinchisi 3-oktabrga belgilangan. Prezident saylovlari 6-noyabrda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG