Breaking News

Oq uyni ko'zlayotgan respublikachilar safi kengayib bormoqda


Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka da'vogar - neyroxirurg Ben Karson
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka da'vogar - neyroxirurg Ben Karson

Respublikachilardan uch senator Ted Kruz, Rend Pol va Marko Rubio Oq uy uchun kurash boshlagan. Ular qatoriga neyroxirurg Ben Karson va tadbirkor Karli Fiorina ham qo'shildi.

Karson ikki yil oldin Prezident Barak Obamaning sog'liqni saqlash tizimi islohotini keskin tanqid qilib tanilgan edi, biroq u bu dasturni qullikka qiyoslagani va besoqolbozlik haqidagi izohlari uchun ayrim guruhlar tomonidan qoralangan.

"Xyulet Pakard" (Hewlett Packard) kompaniyasining sobiq rahbari Karli Fiorina 2008-yilda respublikachilardan prezidentlikka nomzod Jon Makkeynning iqtisodiy maslahatchisi bo'lgan. Makkeyn o'shanda Obamaga yutqazgan edi. Fiorina 2010-yilda Senatga saylana olmagan.

Arkanzas shtatining sobiq gubernatori Mayk Xakkabi 2008-yilda ham omadini sinab ko'rgan. Xakkabi bu safar ham poygaga qo'shilmoqda.

Viskonsin gubernatori Skott Uoker va Florida sobiq gubernatori Jeb Bush ham prezidentlik uchun kurashishi kutilmoqda.

Demokratlardan esa hozircha ikki nomzod ro'yxatdan o'tgan - sobiq Davlat kotibi Xillari Klinton va Vermontdan senator Berni Sanders.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG