Breaking News

Amerikada fuqarolar terrorizmdan tobora ko'proq hayiqmoqda


Oxirgi yillarda Qo'shma Shtatlarda hukumat fuqarolarni zimdan kuzatgani haqidagi xabarlar katta shov-shuv va e'tirozlarga sabab bo'lgan edi. Lekin so'rovga ko'ra, so'nggi oylarda jamoatchilik uchun xavfsizlikka tahdid ustuvor muammoga aylangan.
Oxirgi yillarda Qo'shma Shtatlarda hukumat fuqarolarni zimdan kuzatgani haqidagi xabarlar katta shov-shuv va e'tirozlarga sabab bo'lgan edi. Lekin so'rovga ko'ra, so'nggi oylarda jamoatchilik uchun xavfsizlikka tahdid ustuvor muammoga aylangan.

So'nggi ijtimoiy so'rov natijalarida ko'ra, Amerikada fuqarolar terrorizmdan tobora ko'proq hayiqmoqda.

Ayniqsa, oxirgi terror hujumlaridan keyin bu xavotir kuchaygan. Lekin ular xavfsizlikni deb o'z erkinliklaridan voz kechish masalasida ikkiga bo'lingan.

So'ralganlarning 54 foizi hukumat terrorizmga qarshi kurash yo'lida ayrim erkinliklarni cheklashi mumkin, degan fikrda. 45 foiz aholi bunga qarshi.

56 foizi fuqaroning aytishicha, ular hukumat internetdagi yozishma va muloqotni kuzatishi, hatto josuslik qilishiga qarshi emas.

Oxirgi yillarda Qo'shma Shtatlarda hukumat fuqarolarni zimdan kuzatgani haqidagi xabarlar katta shov-shuv va e'tirozlarga sabab bo'lgan edi.

Lekin so'rovga ko'ra, so'nggi oylarda jamoatchilik uchun xavfsizlikka tahdid ustuvor muammoga aylangan.

Ayniqsa, Fransiya poytaxti Parijda va Kaliforniyada ro'y bergan qonli terror hujumlaridan keyin bu kayfiyat kuchaygan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG