Amerikada o'tkazilgan oxirgi so'rovlarga ko'ra, tobora ko'proq fuqarolar AQShning terrorizmga qarshi sa'y-harakatlaridan ko'ngli to'lmayapti.
40 foiz aholi nazarida Amerika bu urushdan yengilayapti.
49 foiz fuqaro Suriya va Iroqda "Islomiy davlat" to'dasiga qarshi kurash uchun piyoda askar jo'natish kerak, deb hisoblaydi.
Kaliforniyaning San-Bernardino shahrida, Fransiya poytaxti Parijda sodir etilgan qonli terror hujumlaridan keyin aholining 53 foizi Iroq va Suriyaga askar yuborishga rozi edi.
Amerikada prezident poygalarida terrorizm va davlat xavfsizligi ustuvor mavzularga aylangan.