O’tgan hafta qabul qilingan hujjatda Moskvadan qo’shinlarini bu hududlardan olib chiqish talab qilinadi. Qo’shma Shtatlar Janubiy Osetiya va Abxaziyani Gruziyaning ajralmas qismi deb biladi.
AQSh qonunchilari Kremlni 2008-yilgi urushdan so’ng imzolangan sulh shartlarini bajarishga chaqirmoqda. Biroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Aleksandr Lukashevichning aytishicha, uning mamlakati bo’lginchi respublikalar hududini bosib olmagan.
“Bunday bayonotlar Tbilisida revanshist kayfiyatni qo’zg’atib, Gruziyani hamkorlikdan aynitadi”, - deydi Lukashevich.
Rossiya Gruziya bilan urushdan so’ng mustaqillik e’lon qilgan Janubiy Osetiya va Abxaziyani tan olib, bu respublikalarda harbiylarni joylashtirishga haqlimiz, deydi.
“Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqil ekanini hisobga oladigan bo’lsak, Gruziya hududida qo’shinlarimiz yo’q”, - deydi Lukashevich.
Bu respublikalar mustaqilligi xalqaro hamjamiyat va BMT tomonidan tan olinmagan.