Breaking News

Shenandoa vodiysida: Asalarilarni saqlab qolish uchun kurash


Asalarilarni asrash kerak
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:55 0:00

Asalarilarni asrash kerak

Dunyo bo’ylab asalarilar kamayib borarkan, Virjiniya shtatidan Billi Devis chora ko’rishga bel bog'ladi. 1960-yildan buyon asalari boqadigan tajribali fermer 2013-yilda Barqaror asalarichilik dasturiga asos solgan. Nodavlat tashkilot chidamli arilarni yetishtirish bilan shug’ullanadi.

Yozning issiq kunlaridan biri… Asalarilar doimgidek ish bilan band. Oziq-ovqat zanjirida ularning roli muhim.

“Daraxt o’sishi uchun bir urug’ kifoya. Urug’ esa guldan tushadi, asalari uni changlaydi. Asalarilar bo’lmaganida, daraxt ham bo’lmasdi, gullar, meva-sabzavotlar ham. Insoniyat uchun zarur oziq-ovqatning uchdan bir qismi bo’lmasdi,” - deydi asalarichi Brenda Kissling.

Ammo asalarilar qirilib ketyapti. Sabab – iqlim o’zgarishi, parazitlar, pestisidlar va qishloq xo’jaligidagi amaliyotlar.

“Ularni biz o’zimiz qutqaramiz, kimyoviy kompaniya yoki professor-olimlar emas. Tadqiqotlar muhim, albatta, lekin asalarichilarga ko’p narsa bog’liq,” - deydi u.

Shenandoa vodiysida Devisning asalari fermasi joylashgan. Butun shtatdan bu sohaga qiziqqan odamlar keladi, o’rganadi, havaskorlar tajriba almashadi.

“Maqsadimiz o’zini boqa oladigan, sog’lom asalarilarni ko’paytirish,” - deydi dastur rahbari Aleks Maklellan.

Muhim omillardan biri – gigiyenik xulq. Kasallikka chalingan hasharotlarni topib, koloniyadan chiqarish kerak. Bunda suyuq azot qo’l keladi.

"Kataklardan 100 tasini muzlatamiz. Ertasiga qaytib, kataklarning qanchasidan o’lik qurtlar chiqarib tashlanganini tekshiramiz. Ona-asalari kataklarning 95 foizini tozalagan bo’lsa, sog’lom hisoblanadi,” - tushuntiradi Brenda Kissling.

Dasturdan maqsad - sog’lom arilarni ko’paytirib, boshqa fermalarga ham tarqatish.

“Bugun qutilarni tekshiryapmiz. Ona-asalari uchun tuxum qo‘yishga joy yetarli bo’lishi kerak. Ular qishga tayyorgarlik ko’ra boshlayapti,” - deydi ko'ngilli Richard Uitlou.

Aleks Maklellan ham unga jo'r bo'ladi: “Har bir uyani kuzatib boramiz. Ma’lumot to’plashni ancha oldin boshlanganmiz. Arilar genetikasi, omon qolishi ehtimolini bilish uchun kerak bu ma’lumotlar”.

Ko’ngillilar treningdan o’tgandan keyin uyiga qaytib, bu yerda olgan bilim va tajribasini o’z xo’jaligida qo’llaydi. Boshqalarga ham o’rgatadi.

Indiana shtati: Asalari xo'jaligida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:39 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG