Amerika maktablarida bezori, xulq-atvori yomon o’quvchilarni qanday jazolash, tarbiyalash hamisha dolzarb masala. Beobodlik uchun o’qishdan vaqtincha chetlatish hollari ko’p uchraydi, ammo ayrim maktablar ma’muriyati bundan foyda yo’q deydi.
Los-Anjelesning lotin-amerikaliklar yashovchi mahallasi... Qashshoq oilalar, jinoyat ko’p bu yerda. Garfild maktabi o’quvchisi Marko Antonio Agilar shu yerda katta bo’lgan.
“9-sinfda maktabni ko’rishga ko’zim yo’q edi”, deydi u.
Agilar bezorilarga qo’shilib, darsga qatnamay qo’ydi. Mushtlashib, doimo ko’karib yurardi. Uni o’qishdan vaqtincha haydashdi va hatto tarbiya ko’rmagan bolalar uchun maxsus internatga yuborishmoqchi bo’lishdi.
“Onam va o’qituvchilarim bilan suhbatdan keyin aqlim joyiga kirdi. Men uchun dildan qayg’urishlarini tushundim”, - deydi o’quvchi.
“Bolani o’qishdan chetlatish uning xulqini o’zgartirmaydi. Gaplashish, bog’lanish kerak”, - deya sharhlaydi Xose Xuerta.
U to’rt yil ilgari Garfild maktabiga direktor bo’lib kelganida o’quvchilarning yarmidan ko’pi o’qishni tashlab ketar, har yili 700 nafari darsdan vaqtincha chetlatilar edi. Mayda bezorilik, tartibbuzarlik uchun.
Xuerta yangi qoidalarni joriy etdi. Intizomni buzganlar bundan buyon chetlatilmaydi. Muallim va ota-onalar birgalikda muammoni hal qiladi. Zarur bo’lsa, tengqurlaridan yordam oladi.
Buni qarangki, maktabni tugatayotgan o’quvchilar 85 foizga yetdi.
“Avvalgidek jinoyatchilik, bezorilik yo’q hozir. Sababi oddiy – bolalarga mehr bilan muomala qilamiz, quloq tutamiz. Orada hurmat bor. Sizlarni yaxshi ko’raman, deb aytishdan charchamayman. Har bir majlisda buni eslataman va qarsaklar bilan javob berishadi. Ularga ikki og’iz shirin so’z kerak”, - deydi direktor.
Yaqingacha tartib-qoidani buzgan o’quvchilarni qanday jazolash maktablarning o’ziga havola edi. O’tgan yildan boshlab Los-Anjeles bo’ylab darsdan chetlatishni taqiqladik, deydi maorif idorasidan Jon Deysi.
“Maktabni qoldirish hollari ko’payib ketdi. Ayniqsa latino va qora tanli yoshlar orasida”.
Endilikda Ta’lim va Adliya vazirliklari ham mayda bezorilik uchun maktabdan haydamang, deya pedagoglarga maslahat bermoqda.
Kaliforniya universitetidan Den Losenning aytishicha, AQShda maktablarning 60 foizi bunday usullardan allaqachon voz kechgan, ammo kambag’al mahallalar bundan mustasno.
“Darsdan haydalgan o’g’il-qizlar yaxshi baho ololmaydi, maktabni tugatishga qiynaladi”, - deydi u.
Los-Anjeles O’qituvchilar uyushmasi rahbari Vorren Fletcher fikricha, ta’lim maskanlarida azaldan qo’llanib kelingan metodlardan butunlay voz kechish ham to’g’ri emas.
“Muallim vaziyatga qarab ish tutsin deymiz. Hozir sharoit shundayki, sinfxonalar gavjum, tarbiyaviy soatlar qisqartirilgan, mutaxassislar yetishmaydi. O’quvchilar bilan qanday ishlashni domlalar o’zi yaxshi biladi”.
Mamlakat o’quv dargohlarida qonun-qoidalar qayta ko’rib chiqilayotgani yaxshi, deydi ekspertlar. Ammo o’quvchilarga dalda berish, ularni akademik jihatdan qo’llab-quvvatlash uchun ko’proq mablag’ ajratish ham birdek muhim. Agilarning orzusi - maktabni tamomlab, univesitetga kirish.