Breaking News

AQSh razvedkasi: Terrorizm, kiber-jinoyatchilik eng katta tahdidlar


Bugungi tahdid va razvedka
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:30 0:00

Bugungi tahdid va razvedka

AQSh razvedkasi rahbarlari Kongressda hisobot berar ekan, yadroviy programmalar, terrorizm va kiber-josuslikni xavfsizlik uchun asosiy tahdidlar deya sanab o’tdi.

Bugungi kunda ekstremistlar taxminan 40 davlatda faol, yana 59 mamlakat beqarorlik yoqasida turibdi, dedi razvedka idoralari direktori Jeyms Klepper.

Shimoliy Koreya plutoniy reaktorlaridan birini qayta ishga tushirgan va yaqin orada atom bombalarini yaratish uchun yetarli plutoniy ishlab chiqarishi mumkin. Kommunistik rejim uzoq masofaga uchadigan ballistik raketa dasturini ham yuritmoqda.

AQSh razvedkasining xulosa qilishicha, Pxenyan yaqinda sun’iy yo’ldosh uchirish bahonasida ballistik raketasini sinovdan o’tkazgan. Yanvar oyida esa to’rtinchi yadroviy sinovini dunyoga e’lon qildi.

Kongressda so'zlagan razvedka idoralari direktori Jeyms Kleppening aytishicha, Shimoliy Koreya suvosti kemadan uchirsa bo’ladigan ballistik raketa yaratmoqchi. Uning uzoq masofaga uchadigan yadroviy raketalar yaratish rejasi AQSh xavfsizligi uchun jiddiy tahdid, deydi.

Rasmiyga ko’ra, Eron yadroviy programmasini cheklashga qaratilgan xalqaro bitimni imzolagan bo’lsa-da, unga ishonch yo’q. Hujjatda o’nlab mavhum bandlar bor, dedi u.

AQSh harbiy razvedkasi boshlig’i general Vinsent Styuart “Islomiy davlat” to’dasini global tahdid deya tasvirladi.

“Joriy yilda Daish Yevropada yana xurujlar uyushtirishi mumkin. AQShga ham hujum qilishi ehtimoli bor”, - deydi general.

AQShning kompyuter tizimlariga xakerlik hujumlari haqida gap ketganda Rossiya va Xitoy tilga olindi.

“Xitoy, va’da qilganidek, josuslikni kamaytiradimi, yo’qmi, buni vaqt ko’rsatadi”, - deydi Klepper.

Boshqa tarafdan, Rossiya NATOdan vahimada, deydi u.

“Ular nazarida, NATOning maqsadi Rossiyani jilovlash. Raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi ham Kremlni tashvishga soladi, chunki ular o’z yadroviy arsenalini buyuk va kuchli davlatning poydevori deb biladi”.

Prezident Obama shu oy kiber-xavfsizlikni kuchaytirish to’g’risida qaror imzolab, davlat korxonalaridagi eski kompyuter va ma’lumot saqlash tizimlarini yangilashni buyurdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG