Kitob yozaman degan odamlar ko’p. Buning uddasidan chiqqanlar ham kam emas. Ammo nashrdan chiqarish va sotish murakkab bir jarayon. AQShda o’z iqtidoriga ishongan mualliflar asarlarini o’zlari, mustaqil ravishda chop etyapti.
Virjiniya shtati Aleksandriya shahridagi mana bu xonadon yakshanba kuni odamga to’la. Jon Sol “Derazadagi sham” deb nomlangan birinchi kitobini dastxati bilan muxlislariga tarqatyapti.
“Bu she’rlar to’planmasi. Hayotimning 40 yili ketgan ularni yozishga. 66 ta she’r kirgan. Ularda hazil-mutoyiba ham bor, bolalar uchun she’rlar ham bor, ishq-muhabbatga bag’ishlanganlari ham bor”.
64 yoshli Jon Sol butun umr qurilish sohasida ishlagan. Iqtisodiy inqiroz sabab biznes sustlashdi. U esa o’zini sevimli mashg’uloti - she’riyatga urdi. To’planmasini chop etishga ahd qildi. Lekin oson emasligini tushundi.
“Turli bosmaxonalar, taniqli va mashhurlaridan tortib, oddiylaridan ham o’ntadan ko’p rad javobini olganingizdan so’ng ko’nglingiz cho’kadi, albatta. Odamning o’ziga ishonchi pasayadi”.
Shu bois o’tgan yili Sol boshqa bir qarorga keldi. Internetda o’tirib, kitobining elektron shaklini yaratdi.
“Internetda bildirilgan fikrlar meni hayratga soldi. Butun dunyo kitobimni ko’rdi, o’qidi va o’zi uchun xulosa chiqardi. Internetda asarim shu qadar yaxshi sotildiki, asti qo’yaverasiz”.
Ammo hamma ham elektron kitoblarni xushlamaydi.
“Juda ko’plar menga haqiqiy kitob shaklida chiqaring she’rlaringizni, qo’limda ushlab o’qiy, deb yozdi. Muxlislarim iltimosini bajarishga qaror qildim”.
“Siyosat va nasr” deb nomlangan do’konda bir zumda kitob chiqaradigan kichik va tezkor bosmaxona bor edi. “Opus” nomli mashinada mijozlar xohlagan kitobini chop etishi mumkin, hatto suratlar bilan.
Bill Leggets do’kon xodimi:
“Bizga kitobni MS Word formatida olib kelsangiz bo’ladi, biz uni PDF formatiga o’girib, chiqaramiz. Agar o’zingiz PDF formatiga keltira olsangiz, marhamat, biz uni darrov kitob qilib bosmadan chiqarib beramiz”.
Turli shakl va hajmdagi kitoblar muhim, deydi Leggets. Narxi-chi? Har bir kitob nusxasi uchun 7 dollar, kitobning har bir beti uchun yana 2 sentdan to’laysiz. Bu yerda o’tgan bir yil ichida 6 ming kitob bosib chiqarildi.
“Memuarlar, oilaviy tarix, turli darsliklar va qo’llanmalar,” - deydi Leggets.
Kitoblar bu do’konda sotiladi. Muallifning o’zi ham kitoblarini sotaveradi, Jon Solga o’xshab.
“Kitoblar dastxat bilan sotiladi degan mana bu reklama sport zallaridan tortib kutubxonalar, oziq-ovqat do’konlari hamda qo’lma-qo’l ham tarqatildi”.
Fillis Klover “Derazadagi sham” kitobi haqida shu tariqa eshitdi.
“Hali ulgurmadim, lekin jon deb o’qiyman”.
Jon Sol shu yil oxirida “Siyosat va nasr” do’koniga qaytish niyatida. Ikkinchi kitobini chop etish uchun.