Breaking News

Amerikaliklar orasida futbolga e'tibor kuchaymoqda


Amerikada futbol... Soccer in America
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:26 0:00

Amerikada futbol... Soccer in America

Futbol bo’yicha AQSh milliy terma jamoasi keyingi yili Braziliyada bo’lib o’tadigan jahon chempionatiga chiqish imkoniyatiga juda yaqin turibdi. O’tgan hafta Gondurasni 1:0 hisobida mag’lub etgan jamoa hozir “C” guruhida peshqadam. Futbol AQShda basketbol va Amerika futboli kabi u qadar ommalashmagan. Ammo so’nggi paytlarda bu sport turini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Amerikalik bezorilar” nomli ishqibozlar guruhi shu maqsadda tuzilgan.
Amerikalik futbol ishqibozlari, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:08 0:00
Yuklab oling
Yaqinda AQSh Vashingtonda Germaniyaga o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Futbol muxlislari tomonidan tuzilgan “Amerikalik bezorilar” guruhi o’yin oldidan rosa bayram qildi.

Guruh AQShning 80 dan ortiq shahrida 7 mingdan ziyod a’zosi borligini aytadi.

Eng ko’p muxlislari Vashingtondan. Bo’lim rahbari Jastin Koflenga ko’ra, ishqibozlar soni tez o’smoqda.

“AQSh futboldan boshqa hamma narsada birinchi o’rinda. Fulbol esa jahon o’yini. Ko’proq odamni jalb qilsak, futbolga e’tibor ham borgan sari yaxshilanadi”, - deydi Koflen.

Ishqibozlar guruhi kengayib borar ekan, o’yin oldidan futbol muxlislarining kayfiyati ham ko’tarilib bordi.

Futbolga hatto ommaviy axborot vositalarining ham e’tibori sust. Bezorilar nomini shu e’tiborsizlikka qarshi javob sifatida qabul qilganmiz, deydi guruh prezidenti Kori Donaxu.

“Futbol asosiy sport turi emas bu yerda, shuning uchun “Amerikalik bezorilar” nomi biz qilmoqchi bo’lgan ishga mos deb o’yladik”, - deydi u.

AQSh jamoasi ishqibozlari ovozi butun stadionni larzaga soladi.

O’yin boshlanar-boshlanmas, maydon bezorilar bilan to’ladi. Old qatorlarni ular egallagan.

Guruh a’zolari fikricha, agar ular yaxshi namuna ko’rsata olsa, mamlakatning boshqa stadion, shahar va barlarida ham muxlislar milliy terma jamoani qo’llab-quvvatlab, shunday muhit yarata oladi.

Germaniyaga qarshi o’yinning 2-bo’limida jamoa sardori Klint Dempsi hujumchi Jozi Altadordan to’pni qabul qilib olib, hisobni 3:1 ga yetkazdi. Biroz o’tib hisob 4:1 ga chiqdi.

Bunday natijadan amerikalik ishqibozlarning boshi ko'kka yetdi.

O’yin 4:3 hisobida amerikaliklar g’alabasi bilan yakunlandi.

AQSh jamoasi darvozaboni Tim Xovard muxlislarning e’tiboridan boshi ko’kka yetganini aytadi.

“Muxlislarga to’la ulkan va tarixiy stadionda kimsan Germaniyaga qarshi o’ynash katta baxt. Hart doim ham bunday bo’lavermaydi. Ammo biz ham kuchayib boryapmiz va bu ishqibozlarga ham ayon”, - deydi futbolchi.

Muxlislardan birini suhbatga tortamiz.

"Shuncha odam kelishi uchun nima qilish kerak?" - so'raymiz bir ishqibozdan.

“Yutishimiz kerak. Yutishda davom etishimiz kerak. Shunda ko’proq odamlar keladi”, - deydi u.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG