Biyobon deganda suvsiz sahro ko’z oldimizga keladi. Ammo Sonora dashtida hayot gurkiraydi. Amerikaning janubi-g’arbi va Meksikaning shimoli-g’arbida joylashgan bu cho’lning shundoq biqinida ajib bir hayvonot bog’i, muzey bor. Uni aylanib, biyobon haqida to’liq tasavvur hosil qilasiz.
Sonora muzeyida aksariyat eksponatlar tabiat qo’ynida yashaydi.
Uch kilometrlik so’qmoqni bosib o’tar ekansiz, yo’l-yo’lakay 60 ming xil o’simlik, butani tomosha qilasiz. Suvsiz, quruqlikda yashab ketishga moslashgan jonivorlar. Eng yaxshi misol – cho’lning temir daraxti, deydi muzey xodimi Jon Vins.
“Mislsiz qurg’oqchilikda ham omon qoladi. Agar qurib, yerga qulasa, yana novda beradi. Shu tariqa qayta o’saveradi”.
Bu yer ham hayvonot bo’g’i, ham botanika bog’i, deydi Vins.
“Mintaqamizga xos ko’pgina o’simliklar bor bu yerda. Biz muzeyga kelgan mehmonga hayvonot olami va o’simlik dunyosi chambarchas bog’liq, deb o’rgatamiz”.
Sonora muzeyidagi bir so’qmoq tik qoya yoqalab o’tgan. Har yonda g’orlar bor, cho’qqisida esa – hayvonlar podshosi (sher) muntazir.
Muzeyga kelganlar g’orni kezib, uning sohiblari bilan, jumladan, haqiqiy sher bilan yuzlashadi.
Sher barobarida Sonora cho’lida uchraydigan yana 200 hayvon bor bu yerda.
Muzey xodimi Rozmari Prodzik mehmonlarning jonu dini aynan mana shu jonivorlar, deydi.
“Dunyoda sayyohlarga tavsiya etilgan muzeylar orasida biz to’qqizinchi o’rindamiz. Reytnglarimiz ham shunday. Reyting esa bu yerga kelgan odamlar fikri o’rganib, tuzilgan. Siz va menga o’xshagan odamlar tashrif buyuradi, maza qilib dam oladi”.
Muzey Sonora cho’lidagi hayvonot olami va o’simliklarni asrash-avaylash bilan ham mashg’ul. Chunki uning maqsadi inson va tabiatni hamohang yashashga o’rgatish.