Breaking News

Janubiy Xitoy dengizi bo'yicha mojaroda AQSh roli qanday?


Amerika-Osiyo/US Asia focus
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:08 0:00

Amerika-Osiyo/US Asia focus

Janubiy Xitoy dengizidagi hududni talashib Filippin Xitoy ustidan BMT sudiga shikoyat qilmoqda. AQSh Filippin da’vosini qo’llab-quvvatlaydi. Barak Obama tashqi siyosatda Osiyoga e’tiborni oshirar ekan, Xitoy bilan bundan keyingi munosabatlarning qanday bo'lishi ko'pchilikning diqqat markazida.

AQSh, Xitoy va Janubi-sharqiy Osiyo, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:54 0:00
Yuklab oling

Janubiy Xitoy dengizidagi talash hududlarni Xitoy harbiylari nazorat qilmoqda. Filippin bunga keskin qarshi chiqib, da’vosini BMT sudiga oshirmoqda.

Filippin Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Gilbert Asukey shunday deydi:

“Biz G’arbiy Filippin dengizidagi hududlar ustidan nazorat qilish Filippinning uzviy huquqi ekani haqida xalqaro sud qaror chiqarishini istaymiz”.

Xitoy esa bunday choraga qarshi. Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Xong Leyga ko’ra, Filippin Xitoy hududlarini noqonuniy egallab olgan.

“Janubiy Xitoy dengizidagi orollar va ular atrofidagi suvlar Xitoy mulki ekaniga shak-shubha yo’q. Muammoning asl sababi shundaki, Filippin ayrim Xitoy hududlarini noqonuniy egallab olgan”, - deydi Xitoy rasmiysi.

Siyosatshunos Jastin Loganning aytishicha, BMTning aralashishi Xitoy rejalariga pand beradi.

“Xitoy har doim munozarani o’zi va ikkinchi tomon bilan, xalqaro maydonda ovoza qilmasdan hal etishga urinadi”, - deydi u.

BMT sudi ishni Manila foydasiga hal qilgan taqdirda ham, bu qarorni kim ijro etadi?

“Agar qarorni ijro etish Xitoy bilan urushishni taqozo etsa, qaror qog’ozda qolib ketishi mumkin. Filippin sud orqali Xitoyni murosaga majburlashga harakat qilishi mumkin. Agar Xitoy shartlarimizga rozi bo’lsa, biz ham da’vomizdan voz kechamiz, deyishi mumkin”, - deydi tahlilchi Logan.

AQSh Davlat kotibi lavozimiga kirishayotgan Jon Kerri Senatda gapirganida Xitoy masalasiga to’xtaldi. Respublikasi senator Marko Rubio Obama ma’muriyatini sustkashlikda aybladi.

“Xitoyning hududlar ustidan da’vogarligi keskinlashmoqda. Qo’shni davlatlar esa AQShga yordam so’rab ko’z tikmoqda”, - deydi senator.

Jon Kerri buning sababini AQShning hududda faollashganiga bog’laydi.

“Xitoy bularni ko’rib, nimalar bo’lyapti, AQSh nima qilmoqchi o’zi, bizni o’rab olmoqchimi, deb so’rashi tabiiy”, - deydi u.

Xitoy Filippin, Vyetnam va boshqa Osiyo davlatlari bilan nizolashar ekan, Vashington Pekin bilan yaqin aloqada bo’lishi kerak, deydi Kerri.

“Xitoy kuchli iqtisodiyotga ega davlat. Dunyo bo’ylab xom-ashyo manbalarini o’zlashtirishga bel bog’lagan. Shuning uchun hammaga birdek manfaatli bo’lgan qoidalarni ishlab chiqishimiz kerak”, - deydi Jon Kerri.

Xitoy ta’biricha hududdagi nizolar muloqot orqali hal qilinadi. Pekin AQShning Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari bilan ittifoq tuzib, ularga ko’proq yordam berayotganidan norozi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG