Breaking News

AQShning josus samolyotlari bugun tarixga aylangan


Xalqaro hayot: AQShning josus samolyotlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:28 0:00

Harbiy razvedka ma'lumotlarini yig'ish vazifasi zamonaviy sun'iy yo'ldosh va dronlarga topshirilishdan oldin AQShda bu ishni tovush tezligidan tez uchuvchi samolyotlar bajargan. Ular dushman havo sarhadlariga tez kirib borib, payqab qolgunlaricha rasmga olib chiqib ketishni uddalagan. Bunday samolyotlarning so'nggisi 1998-yilda o'z faoliyatini yakunladi. Hozir ular muzeylardan joy olgan.

"Qora qush" deb atalgan Lockheed SR-71 samolyoti bir paytlar dunyoning eng zamonaviy harbiy samolyoti bo'lgan. Hozir u Vashington yaqinidagi Smitson institutiga qarashli Stiven Udvar-Gezi muzeyida saqlanadi.

Bunday samolyotlar mamlakatdagi boshqa kichikroq muzeylarda ham bor. Masalan, Kaliforniyadagi Blackbird havo parkida.

Bill Flanegan SR-71 samolyotining orqa o'rindig'ida uchgan harbiy ofitserlardan biri.

"Hozir to'sib qo'yilgan kichkina oynani ko'ryapsizmi, shu mening ofisim bo'lgan. Oldimda uchuvchilik moslamasi bo'lmagan, chunki oldinni ko'ra olmasdim. Lekin radar va navigatsiya tizimini, elektr moslamalarni boshqarganman. Oldimdagi pilot uchun yordamchi ham bo'lganman", - deydi u.

SR-71 samolyotidan avval Lockheed U-2 havo kuchlarining asosiy josusi bo'lgan. U 1960-yil Sovet Ittifoqi hududida urib tushirilgan.

Uning kamchiliklarini anglagan Markaziy Razvedka agentligi yanada tezroq va balandroq uchadigan samolyot yaratishga buyurtma beradi.

Oradan ikki yil o'tib Lockheed muhandislari oddiy mexanik chizg'ichlardan foydalanib, bir kishilik A-12 josus samolyotini yaratishadi.

"Lekin Havo kuchlari A-12 dan ko'ra ko'proq sensor tashiy oladigan samolyot bo'lishini xohladi. U-2 faqat bitta kamera va ehtimol bir ovoz yozgichga ega bo'lgan, xolos", - deydi iste'fodagi harbiy Bil Flanegan.

Ikki kishilik SR-71 shu tariqa paydo bo'lgan. Soatiga 3500 km. tezlikda va 26 km. balandlikda uchishga qodir bu samolyot yerdan bo'ladigan xavflardan xoli edi. Ulardan biri Los-Anjelesdan poytaxt Vashingtonga 64 daqiqada uchib kelgan.

"Varshava kelishuvi havo mudofaa tarmog'ida ishlagan bir necha hamkorlarimiz aytgan edi. "Qora qush" ularning radarida bir lahza paydo bo'lib, keyin g'oyib bo'lgan. Uning bunchalik tez ekaniga ishonmaganmiz, deyishgan", - deydi Flanegan.

Kongress va Pentagon o'rtasidagi uzoq bahslar ortidan 1998-yil SR-71 samolyotlari faoliyatini butunlay to'xtatish haqida qaror qilingan. Ularning ishi dronlar va sun'iy yo'ldoshlarga o'tkazildi. Shunday bo'lsa-da, "Qora qush" hanuz dunyoning eng tez va eng baland uchadigan samolyoti hisoblanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG