Ekspertlar nazarida AQSh harbiy hujumlari ko’zlangan natijani bermasa, Yaqin Sharqda vaziyat yanada izdan chiqadi.
Harbiy qudrat g’alaba kaliti emasligi qayta-qayta isbotlangan.
Prezident missiya qisqa va aniq bo’ladi deydi.
“Cheklangan. Qo’shin kiritilmaydi. Bu Iroq yoki Afg’oniston emas”,- deydi Barak Obama.
Tahlilchilar esa cheklangan hujumlar ko’zlangan maqsadga yetaklamaydi degan fikrda. Suriya hukumatini bu bilan qo’rqita olmaysiz, deydi ular. Damashq ayyor.
Suriyalik olima Elizabet Obagi:
“Kimyoviy qurollar ishlatgani uchun yetarlicha javob berilmasa, Bashar al-Assad ularni yana ishga soladi”.
Harbiy chora ko’rish masalasi jiddiy muhokama qilina boshlaganidan beri uzoq vaqt o’tdi, deydi ayrim siyosatdonlar. Assad bor narsasini yashirishga ulgurdi, deya xavotir bildiradi ular.
Reul Mark Gerech, sobiq razvedkachi:
“Suriya hukumati barcha muhim obyektlari va qurol-aslahani xavfsiz joyga qo’yib bo’ldi… Bizning bombalarimiz u yerlarga yetib bormasligi mumkin. Yashirin zaxiralarni topib nishonga olish esa murakkab operatsiya”.
AQSh havo kuchlari dunyodagi eng sarasi. Har qanday missiyaga shay holatda turadi.
Suriya muxolifati nazarida cheklangan hujumlardan hech qanday naf bo’lmaydi.
Suriya milliy koalitsiyasi vakili Xolid Solih tuzumni ag’darish kerak deydi.
“Suriyada 40 yildan beri hukmron oila bu – mafiya. Undan qutulib, davlat va kelajakni xalq o’z qo’liga olishi kerak. Suriya ahli shuni istaydi. To’ydik Assadlardan”.
Eron vaziyatni sergaklik bilan kuzatmoqda, deydi sobiq agent Reul Mark Gerech.
“Agar Suriyadagi missiya ish bermasa, Eron bizdan umuman qo’rqmay qo’yadi”,- deydi u.
Amerikaliklarning aksariyati urushga qarshi ekanini hisobga olsak, nima bo’lganda ham, Obama keskin tanqid ostida qolishi aniq.
Siyosiy maslahatchi Maykl Oxanlon:
“Prezident oxir-oqibat jamoatchilik va Kongress quvvatlovini oladi. Ittifoqchi davlatlar ham u tomonda. Lekin biror xatoga yo’l qo’yilsa, tamom, hamma unga qarshi chiqib, lan’at toshi otadi”.