1967-yilning iyunida Isroil Suriya, Iordaniya va Misr bilan urush qilib, katta hududlarni, xususan, Sinay yarim oroli, G'azo, G'arbiy sohil, G'olan tepaligini bosib olgan. Oradan yillar o'tib, Misr va Isroil Amerika vositachiligida tinchlik bitimi imzoladi va yahudiy yurti Sinayni misrliklarga qaytarib berdi. Iordaniya ham Isroil bilan orani yaxshilab oldi. Ko'p o'tmay, Isroil G'azodan qo'shinlarini olib chiqib, hududdagi yahudiy mahallalarini tag-tugi bilan buzdi. Ammo G'arbiy sohil masalasi hamon yechimini kutayapti. Falastin esa Isroilni davlat deb tan olishdan bosh tortib keladi. AQShning sa'y-harakatlari bilan Falastin va Isroil tez kunda yana tinchlik muzokarasiga qaytishi mumkin.
Olti kunlik urush suratlarda

1
Isroillik zobitlar G'azoda asirlarni qo'riqlamoqda / Israeli soldiers stand guard over prisoners in Rafah in the southern Gaza Strip during the Middle East War, June 5, 1967.

2
G'azoda asirga tushganlar. 1967-yilning 5-iyuni / Israeli soldiers stand guard over prisoners in Rafah in the southern Gaza Strip during the Middle East War, June 5, 1967.

3
Isroil harbiy tanklari Sinay yarim oroliga kirib bormoqda / A convoy of Israeli tanks rolls through the Sinai peninsula during the 1967 Middle East War, widely known as the Six Day War.

4
Misr qiruvchi samolyotining qoldiqlari / Egyptian fighter jets are seen after being destroyed by Israel's Air Force during the Middle East War June 5, 1967.