Seshanba kuni respublikachilar partiyasining Floridaning Tampa shahridagi yig’inida prezidentlik va vitse-prezidentlikka nomzodlar tasdiqlanishi kutilmoqda.
Dushanba ertalab ochilishi kutilgan yig’in rejasiga to’fon sabab o’zgartirishlar kiritildi. “Isaak” deb nomlangan to’fon Meksika ko’rfazi ustidan o’tmoqda. To’rt kun davom etiladigan tadbir vaqti qisqartirildi.
6-noyabr kuni bo’lib o’tadigan satylovda qatnashish uchun Mitt Romni prezidentlikka va Pol Rayan vitse-prezidentlikka nomzod sifatida partiyadoshlari tomonidan rasman tasdiqlanishi kerak.
So’rovlarga ko’ra, saylovchilarning 47 foizi Romni uchun ovoz berishi mumkin. Amaldagi prezident, demokratlar partiyasidan nomzod Barak Obamani 46 foiz saylovchi qo’llashga tayyor.