Breaking News

Respublikachilarning Floridadagi yig'ini

Seshanba kuni respublikachilar partiyasining Floridaning Tampa shahridagi yig’inida prezidentlik va vitse-prezidentlikka nomzodlar tasdiqlanishi kutilmoqda. Dushanba ertalab ochilishi kutilgan yig’in rejasiga to’fon sabab o’zgartirishlar kiritildi. “Isaak” deb nomlangan to’fon Meksika ko’rfazi ustidan o’tmoqda. To’rt kun davom etiladigan tadbir vaqti qisqartirildi. 6-noyabr kuni bo’lib o’tadigan satylovda qatnashish uchun Mitt Romni prezidentlikka va Pol Rayan vitse-prezidentlikka nomzod sifatida partiyadoshlari tomonidan rasman tasdiqlanishi kerak. So’rovlarga ko’ra, saylovchilarning 47 foizi Romni uchun ovoz berishi mumkin. Amaldagi prezident, demokratlar partiyasidan nomzod Barak Obamani 46 foiz saylovchi qo’llashga tayyor.

XS
SM
MD
LG