Breaking News

Faollar: Muhojirlarni kiritmaslikning foydasidan zarari ko'p


AQShning qochoqlarni qabul qilmayotgani keskin tanqid ostida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:36 0:00

AQSh hukumatining musulmonlar yashovchi yetti davlatdan muhojirlarni Amerikaga kiritishni taqiqlovchi qarori yuzasidan bahs-munozara davom etmoqda. Huquq faollari, nodavlat tashkilotlar va hatto ayrim davlatlar bu tartibdan keskin norozi. Oq uy yangi choraning AQSh xavfsizligini ta'minlash uchun zarur ekanini ta'kidlashda davom etmoqda. Tanqidchilar esa taqiq terrorchilarni to'xtata olmasligini, aksincha, istalmagan oqibatlarga olib borishini aytmoqda.

Somalida tug'ilgan va Minnesotada yashovchi Farhan Anshur rafiqasi va farzandlarini Vashington yaqinidagi aeroportda intiqib kutdi. Nihoyat, ular eson-omon chiqib kelishdi.

"Nihoyat, birgamiz. Hech kim qolib ketmadi. Barcha oila a'zolarim yonimda. Shunga xursandman", - deydi Farhan.

90 kunlik taqiq Iroq, Eron, Suriya, Sudan, Liviya, Somali va Yaman fuqarolariga ta'sir qiladi. Bu o'lka fuqarolari 27-yanvardan beri AQShga boruvchi samolyotlarga chiqarilmayapti. Amerikaga bungacha kirib ulgurganlar esa AQShga yetib kelgandan so'ng aeroportda so'roqqa tutilmoqda. Oq uy bu noqulayliklar uchun uzr so'radi, ammo yangi choralarning salbiy oqibatlari yanada ko'proq, deydi somalilik siyosatchi Fadumo Dayib.

"Garvard universiteti biznes maktabidagi konferensiyaga, Garvard universiteti Kennedi maktabiga borishim kerak edi. Ammo shu sayohat taqiqi sababli endi bora olmayman", - deydi u.

Somali va Finlyandiya fuqarosi bo'lgan Dayib yangi taqiq AQShga jo'natish uchun Keniyaga joylashtirilgan somalilik qochqinlarga ko'proq salbiy ta'sir ko'rsatishidan xavotirda.

"Faqat musulmon bo'lgani uchun yoki qaysidir bir davlatdan bo'lgani uchun shunday taqiq qo'yish to'g'ri emas", - deydi u.

AQShda musulmon faollari guruhi qaror ustidan sudga shikoyat qildi.

"Shikoyat konstitutsiyaviy normalarga oid, 20 dan ortiq amerikalik va bu yerda qonuniy yashayotgan, lekin fuqaro bo'lmagan musulmonlar nomidan topshirildi", - deydi u.

Shvetsiya va Eron fuqarosi bo'lgan aktrisa bu yilgi "Oskar" kinomukofoti taqdimotida qatnasha olmasligi mumkin. Bahor Pars mukofotga nomzod "Uvening ikkinchi hayoti" nomli kartinada asosiy rollardan birini o'ynagan. Eronlik bastakor Susan Lolavar ham aprelda Pitsburg shahrida bo'ladigan operasi premyerasiga bora olmasligi mumkin.

"Bu hol Amerikaga nisbatan munosabatimni qayta ko'rib chiqishga majbur qildi", - deydi Lolavar.

Tanqidchilar yangi tartibning xavfsizlikni ta'minlashda foydasidan ko'ra zarari ko'proq bo'lishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG