AQSh an’anaviy qurollarni sotish, sotib olish hamda tarqatish bo’yicha qabul qilingan xalqaro qonunga imzo chekdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh idorasida qonunga qo’l qo’ygan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Qurol-yarog’ savdosi bitimini tinchlikni ta’minlash yo’lidagi muhim qadam deb ta’rifladi.
“Maqsad qurollarni terrorchilar va mas’uliyatsiz tomonlarning qo’liga tushib qolishiga yo’l qo’ymaslik. Dunyoning eng yovuz jinoyatlarini sodir etishga xizmat qiladigan an’anaviy aslahalar xalqaro savdosiga chek qo’yish kerak. Shuningdek, bu amerikaliklar xavfsizligi va Amerikaning qudratini ta’minlash uchun ham muhim. Bu qonun xalqaro miqyosda tinchlik va global xavfsizlikni targ’ib etish, muhim gumanitar maqsadlarni amalga oshirishga ham xizmat qiladi”, - dedi Jon Kerri.
Aprel oyida qabul qilingan xalqaro bitim jangovar tanklar, kemalar hamda hujum vertolyotlaridan tortib kichik va yengil aslahalargacha bo’lgan harbiy qurollar savdosini nazorat qiladi.
U, shuningdek, inson huquqlari poymol etiladigan davatlarga bunday qurollarning sotilishini taqiqlaydi.
Xalqaro hujjat AQSh ichidagi qurol-yarog’ savdosiga ta’sir qilmaydi. U AQSh tomonidan to’la ijroga kiritilishi uchun Senat tasdig’idan o’tishi kerak. Ammo ayrim qonunchilar hujjatning ratifikatsiya qilinishiga qarshi. Ularga ko’ra, u AQSh fuqarolarining qurol saqlash huquqiga daxl qiladi.
Qo’shma Shtatlar dunyoda an’anaviy qurollarning eng katta eksportchisi hisoblanadi.