Breaking News

Amerikada ishidan ayrilgan odam qanday kun ko'radi?


Tunisia's Youssef Msakni (R) is challenged by Ghana's Anthony Annan of Ghana during their African Nations Cup quarter-final soccer match at Franceville stadium February 5, 2012.
Tunisia's Youssef Msakni (R) is challenged by Ghana's Anthony Annan of Ghana during their African Nations Cup quarter-final soccer match at Franceville stadium February 5, 2012.

Amerikada ishidan ayrilgan fuqaro 99 hafta davomida hukumatdan kompensatsiya olish huquqiga ega. Nafaqaxo’rlar bir-biriga “99 chilar” deb murojaat qilishga o’rganib qolgan.

Lekin bu muddat yakuniga yetgach, hali ish topib ulgurmaganlar tirikchiligi nima bo’ladi?

Oldin savdo-sotiq sohasida ishlagan Greg Rozen mana 3 yildirki, ishsiz.

“Bu bir dahshatli tushga o’xshaydi. Ishga borish, mehnat qilish, evaziga haq olish qanday bo’lishini esimdan ham chiqarganman”.

Greg kundalik xarajat va uy haqini dastlab ishsizlik nafaqasidan to’lab bordi. Ishidan ayrilgan fuqaro yangisini topguniga qadar hukumatdan so’nggi ish haqining yarmigacha kompensatsiya olishi mumkin.

Lekin bu muhlat ham o’tdi. Oziq-ovqat, dori darmon olishni kamaytirdim, eng achinarlisi, nogiron onamga yordam berolmayapman, deydi u.

So’nggi tadqiqot natijalariga ko’ra, AQShda iqtisodiy inqiroz yakun topganiga qaramay, ko’pchilik ishsiz. Iqtisodchi Xeydi Shirholz vaziyat o’nglanishiga vaqt kerak deydi.

“Har bir yangi ish o’rniga besh da’vogar doimo tayyor. Demak 4 tasi ishsiz qolmoqda. Inqiroz tugadi deyishga erta. Hammani ish bilan ta’minlash kerak oldin”.

Iqtisodiy tanazzul AQShda ko’p bizneslarga qaqshatgich zarba bergan. Millionlab odamlar ishidan ayrilgan. Ishga kirish maqsadida navbatga turganlarning keti ko’rinmaydi.

Birgina Pensilvaniya shtatining Bucks county qismida 28 ming ishsiz bor deydi tuman rasmiylari.

Mahalliy hokimyatlar fuqarolarni ish bilan ta’minlashda bor kuchini ishga solmoqda. Mehnat yarmarkalari, maslahat markazlari, treyninglar tashkillashtirish bo’ynimizda, - deydi okrug ijtimoiy ta’minot rahbari Elizabet Volsh.

“Talabgorlar bilan ishchi izlayotgan korxonalarni yuzlashtirishda ko’maklashamiz”.

Lekin, deydi u, okrugda ish o’rinlari hammaga yetarli emas, imkoniyatlar cheklangan. Greg Rozen kabi furaqolar Kongressdan umidvor.

U tinmay izlanishda. Shu kunlarda ishsizlarni birlashtiruvchi, 99-chilar uyushmasiga asos solib, hukumatdan ishsizlik nafaqasini uzaytirishni talab qilmoqda.

“Hukumat tayinlagan nafaqa 99 haftadan keyin bitadi. Bu orada men kabi ish topa olmaganlar son sanoqsiz. Hammamiz birlashib, haqimizni talab qilmoqchimiz”.

Lekin Pensilvaniya shtati ma’murlari bu talabni qondirish uchun mablag’ yo’q demoqda.

“Yotib yeganga tog’ ham chidamaydi. Davlat g’aznasida ma’lum miqdorda pul bo’ladi. Ertami, kechmi baribir tugaydi”.

Ish o’rinlari yaratishning eng ma’qul yo’li, deydi qonunchi, bu badavlat odamlarga mahalliy kompaniyalarga sarmoya kiritish imkoniyatini yaratib berish. Bunga albatta vaqt kerak. Bir kechada hal etiladigan muammo emas. Biroq bu kabi maslahatlar ishsizlar og’irini yengil qilayotgani yo’q.

“Umidsiz emasman. Ish qidirishda davom etayapman. Davlat nafaqani ish topgunimgacha berishi kerak.”

Yashayotgan uyimni 20 yillik mehnatim evaziga sotib olganman. Uy to’lovlarini yana bir ikki oy amallarman, undan keyin nima qilishga hayronman, deydi Rozen.

XS
SM
MD
LG