Breaking News

AQSh Venesuelaga qo’shimcha sanksiya qo’yishi mumkin


Venesuelada muxolifatdan prezident saylovida qatnashgan Edmundo Gonsales Ispaniyada siyosiy boshpana so’rashi ketidan Qo’shma Shtatlar Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro hukumatiga qarshi sanksiya joriy etish ustida o’ylanmoqda.

Xalqaro hayot - 10-sentabr, 2024-yil - Seshanba Harris va Tramp o’rtasida ilk teledebat kuni
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:04 0:00

Muxolifat, AQSh va Yevropa Ittifoqi 28-iyulda o’tgan saylovda Gonsales g’alaba qozonganini da’vo qilmoqda.

"Barcha choralar muhokamada. Hamkorlarimiz bilan yaqindan maslahatlashgan holda Maduro va uning vakillariga ularning inson huquqlariga qarshi tajovuzlari, demokratiyaga, erkin va halol saylovlarga hurmatsizligi haqiqiy va qonuniy oqibatlarga olib kelishini namoyish etmoqchimiz”, - deydi AQSh Davlat departamenti so’zlovchisi Vedant Patel.

Matbuotdagi xabarlarga qaraganda Venesuela hukumati 75 yashar Gonsalesning mamlakatdan chiqishiga qarshilik ko’rsatmagan, garchi o’tgan hafta sobiq nomzodni hibsga olishga order chiqarilgan bo’lsa-da.

Venesuela Bosh prokurori Tariq Saab Gonsalesga mamlakatdan chiqishga ruxsat AQSh bilan kelishganini ma’lum qildi.

Bayden ma’muriyati oldin Venesuela hukumati va kompaniyalariga sanksiyalar qo’ygan va ushbu jazo choralaridan rasmiy Karakasni halol saylov o’tkazishga ko’ndirishga harakat qildi.

Saylovda qatnashish huquqidan mahrum etilgan muxolifat lideri Mariya Korina Machado Qo’shma Shtatlar yetarlicha bosim qo’ymaganini aytadi.

“AQSh va boshqa mamlakatlarga qattiqroq harakat qilish kerakligi haqida aniq so’zlaganman. Inson huquqlari buzg’unchilari va insoniyatga qarshi jinoyatlar ortida turganlar javobgarlikka tortilishini bilishi kerak. Bu nafaqat harbiylarga, balki sud tizimi vakillariga ham aniq signal bo’lib xizmat qilishi kerak”, - deydi u.

Oq uy Venesuela hukumatidan saylov byulletenlarini oshkor etishni talab qilmoqda.

“Butun dunyo Venesuela xalqi kimga ovoz berganini ko’rishi kerak”, - deydi AQSh Milliy xavfsizlik kengashi so’zlovchisi Jon Kirbi.

Maduro saylovda Gonsales g’alaba qozongani haqidagi da’volarni inkor etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG