Breaking News

Amerika ahli o'z tarixining qora sahifalarini yodga olmoqda


Afro-amerikaliklar: Ovoz berish huquqi uchun mashaqqatli kurash kechgan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:08 0:00

Afro-amerikaliklar: Ovoz berish huquqi uchun mashaqqatli kurash kechgan

Amerika ahli o’z tarixining qora sahifalarini, odamlar oq va qoraga ajratilgan mash’um kunlarni yodga olmoqda. Irqchilikdan qutulish uchun ko’p qon to’kilgan.

AQSh irqchilik tarixi: “Qonli yakshanba”ga 50 yil to’ldi/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:42 0:00

1960-yillarda Alabamaning Birmingem shahri fuqaro erkinligi uchun kurash markazi bo’lgan. “Qonli yakshanba” deya nomlangan voqealarga 50 yil to’ldi.

“Amerika Ovozi” Alabamada bo’lib, tarixiy namoyishlarda qatnashgan faollar bilan suhbatlashdi.

1965-yilda yuzlab afro-amerikaliklar Alabamaning Selma shahrida haqqini talab qilib tinch namoyishga chiqadi.

Qatnashchilar qo’shiqlar aytib, Edmund Pettus ko’prigidan o’tayotganda ularni politsiyachilar to’qmoqlar bilan qarshi olib, to’polon boshlanib ketadi.

Qonli voqea jamiyatni junbishga keltirgan. Millionlab fuqaro ovoz berish huquqidan mahrum edi o’shanda.

“Sud binosiga borib, men ovoz beraman deganman”, - deydi namoyishda qatnashgan Nims Gey.

Oradan yarim asr o’tib, u Birmingemdagi o’sha sud binosiga qaytdi. Bizni ro’yxatga olmasdan, konstitutsion huquqlarimizni buzayapsiz, deya oq tanli rasmiylarni savolga tutgan u.

“Sizdan kam joyimiz bormi? Hammamiz bir insonmiz, qonimiz bir. Buning nimasi tushunarli emas? Bunday savollardan ularning asabi buzilardi, lekin biz haq ekanimizni bilardik”, - deydi faol.

Ish sudlarda ko’rilib, qora tanlilar ovoz berish huquqiga erishdi. Ancha mashaqqatli yo’l…

“Ovozsiz xalq umidsiz bo’ladi. Fuqarolar terisining rangidan qat’i nazar, ovoz bera olishi shart”, - deydi Nims Gey.

Nafaqadagi muallim Jin Smayli Montgomeri shahrida birinchilardan bo’lib ovoz berishga borgan.

“Montgomeri va unga yaqin joylarda yashovchi qora tanlilar bunga jur’at eta olmasdi, qo’rqardi”, - deydi u.

“Ishli bo’lsangiz, ovoz berish uchun ro’yxatdan o’taman desangiz ishdan haydashardi. Hatto qarindoshlaringizni ham”, - deydi o’shanda Alabamada senator bo’lgan Henk Sanders.

“Qonli yakshanba” dan ko’p o’tmay, erkinlik kuychisi Martin Lyuter King minglab safdoshlari bilan Alabama poytaxtiga yo’l olgan.

“Ovoz berish huquqiga ega odamlar buni yakka o’zlariga atalgan ne’mat deb bilgan, bunday huquq boshqalarga ham berilishini istamagan. Biz boshlagan ishni to’xtatish uchun astoydil harakat qilishdi”, - deydi Sanders.

Fred Grey Martin Lyuter Kingning advokati edi. Selma shahridan Montgomeriga yurish bo’yicha sud ishini yutib chiqqan.

1965-yilda prezident Lindon Jonson ovoz berish huquqiga doir qonunga imzo chekadi.

“Qonun qabul qilingani katta yutuq edi, chunki ko’plab boshqa imkoniyatlarga yo’l ochdi. Odamlar o’zi istagan vakillarni hukumatga saylay olsa, bu odamlar yuzlab boshqa rasmiylarni tayinlash vakolatiga ega bo’ladi”, - deydi Grey.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG