Breaking News

Kongressga intilayotgan xotin-qizlar


Kongressga intilayotgan xotin-qizlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:32 0:00

O’tgan bir yil Qo’shma Shtatlarda olamshumul yangiliklarga boy bo’ldi. Jinsiy tajovuzga qarshi “Men ham” (#MeToo) xeshtegi katta bir oqimga aylandi. Xotin-qizlar tenglik va adolat talab qilib, katta shaharlarda namoyish qildi. Noyabrda Kongressga saylovlar. Eng yuqori lavozimlarni egallashga intilayotgan ayol nomzodlar katta sonni tashkil etadi.

Allison Gelbrayt ayollar marshidan ilhomlanganini aytadi.

“Mening ham hayotiy tajribam bor. Oddiy odamlar dardini tushunaman”, - deydi u.

Gelbrayt o’z shtatidan respublikachi kongressmen o’rniga saylanmoqchi. Tibbiy sug’urta imtiyozlarini bekor qilmang, deb unga murojaat qilgan.

“Ayollar sug’urtaga ko’proq to’lasa ham aksariyat aholi qarshi emas, deb aytdi menga. Bu qanday gap? Birinchidan, ayollar qarshi”, - deydi u.

Allison yakka ona. Ijtimoiy tarmoqlarda faol. Hukumat bilan qanday ishlashni biladi. Ko’p yillik qonunchiga qarshi maydonga chiqishdan qo’rqmayman, deydi u.

“Bu erkak qonunchilar o’zi nimani qotirib qo’ydi? Qo’lidan nima keladi? Qanday malakasi bor?”

Ayol siyosatchilarga xos bo’lmagan yondashuv bu.

“Ayni malakaga ega erkak va ayolni oling", - deydi tadqiqotchi Jennifer Loless. "Har ikkisida nomzod bo’lish uchun bilim va tajriba yetarli. Erkak oynaga qarab, lavozimga loyiqman deydi. Ayolning esa o’ziga ishonmaslik ehtimoli 20 foiz ko’proq”.

Amerika Kongressida a’zolarning atigi 20 foizi ayollar. AQSh bu ko’rsatkich bo’yicha 103 davlatdan orqada. Nega? Sabab shuki, ro’yxat boshidagi Kuba, Meksika va Janubiy Afrikada ayol nomzodlarga kvota ajratilgan. Yoki partiyaviy sistema kuchli.

“Bizda sistema raqobatga asoslangan. Bu degani, saylanishni o’zingiz uddalaysiz. Qudratli lavozimlarda ayollar ozchilik. Hanuz erkaklardan kamroq pul topishadi. Siyosatdan, siyosiy doiralardan chetda yurgan bo’lsa, saylanish yanada qiyin”, - deb tushuntiradi Jennifer Loless.

Yaqinda bir necha erkak qonunchi tegajog’likda ayblanib, ishdan ketdi. To’siqlarni yorib o’tib saylangan taqdirda ham erkaklar saltanati - Kapitoliyda ishlash oson emas.

“Yillar davomida jinsiy tajovuzkorlar Kongressda, xalq uyida bilganini qilgan. Ular dastidan jabr ko’rganlar esa ishdan chetlatilgan, qo’rqitilgan, sharmanda bo’lasan deb og’zini yopishgan. Yetar, toqatimiz toq”, - deydi demokrat qonunchi Tulsi Gabbard.

Ammo “Men ham” harakati boshlab yuborgan bahslar faqat bir tomonga taalluqli emas.

Kongressda respublikachi ayollar safini kengaytirishni maqsad qilgan "RightNOW" tashkiloti rahbari Jennifer Higgins deydiki, Prezident Trampga qarshilik demokrat ayollarni siyosatga chorlamoqda. Lekin, deydi u, yechim topishga usta, boshqaruvni yaxshilaymiz degan xotin-qizlar respublikachilarga ham kerak.

“Faqat erkaklar partiyamiz qiyofasi bo’la olmaydi. Bu masala prioritet darajasiga ko’tarilmoqda. Immigratsiya, jinsiy tengsizlik va boshqa murakkab masalalarni yechishda, albatta, ayollarning o’rni muhim”, - deydi u.

Kuzgi saylovlar siyosatda katta o’zgartirishlar olib kelsa ajab emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG