Ilgari AQShda cherkovlar faoliyatini yuritishda uy bekalari va ko’ngillilar katta rol o’ynagan. Bugun esa amerikalik ayollar kuni bilan ishlaydi, boshqa vaqt oilam, bola-chaqam, deb yashaydi. Cherkovga borish uchun vaqt topish qiyin. Bunday vaziyatda cherkovlar ko’proq dindorni o’ziga jalb etish uchun nima qilishi kerak?
Diana Trast va turmush o’rtog’i Vik Fernandez hali ishga bormay turib ertalabdan charchaydi.
Ikki qizi uchun nonushta va tushlik tayyorlashi, ularni maktabga kuzatishi kerak.
"Bu juda qiyin. Ham ota, ham ona ishlasa, ikkovi ham karyera qilaman desa, vaqt topish oson emas. Besh daqiqa yoki 10 daqiqa bo’sh vaqtingiz bo’lishi mumkin. Shu vaqt ichida hammasiga ulgurish kerak”, - deydi Diana.
Cherkov uchun ham vaqt topish oson emas.
“Qaniydi ertalab soat to’qqizda turish kerak bo’lmagan bir kun bo’lsa, deysiz ba’zida”, - deydi ona.
Vaqt muammosi mamlakat bo’ylab hamma ota-onalarga xos.
Amerikalik oilalarning cherkovga borish, diniy marosimlarda qatnashish uchun vaqti qolmayapti. Ammo hammasi e’tiqodga bog’liq, deydi Deyvid Grey, Merilend shtatining Betezda shahrida cherkov rahbari:
“Cherkovimizga keladiganlar orasida ishda charchaydigan odamlar ko’p. Poytaxtda yashaydi, aksariyati davlat idoralarida ishlaydi. Men ularga ish va oiladagi stressni qanday yengish haqida yordam berishni o’ylayman”.
Grey fikricha, cherkovlar ish joylaridagi muhitni yaxshilash uchun faol kurashishi kerak.
Cherkovga muntazam qatnaydiganlarning o’rtacha yoshi 61 da. Kelajagimiz yosh oilalarga bog’liq, deydi pastor.
“Dindorlarni jalb etmoqchi bo’lsak, ish va hayot muvozanatini yaxshi tushunishimiz kerak”, - deydi u.
Cherkov ko’ngillilaridan biri Jinjer Essinkka ko’ra esa, odamlar ehtiyojini hisobga olish kerak.
“Men cherkovning jamoa bilan aloqalar qo’mitasi a’zosiman. Odamlarni jalb etayotganimizda, ko’p vaqt talab qilmaydigan tadbirlar uyushtirishimiz kerak. Masalan, bugun ikki soat, yakshanba kuni bir soatgina vaqt ajrating, deyishimiz kerak. Shunda ular cherkov bilan aloqani uzmaydi”, - deydi cherkov ko’ngillisi.
Diana Trast cherkovga borishni yoqtiradi.
“Ibodatga borganimda, bir soat bo’lsa-da, tinch o’tiraman. Bolalarimga qarab turadigan odam bor”, - deydi u.
Demak, cherkovlar ish va oila deb toliqqan ota-onalar uchun ortiqcha yuk emas, balki dam oladigan joyga aylanishi kerak.