Breaking News

Qirg'izistonlik tahlilchi: AQSh bilan aloqani kuchaytirish o'zimizga bog'liq


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Markaziy Osiyo davlatlari bo’ylab ilk safarini boshlar ekan, “Amerika Ovozi” qirg’izistonlik yozuvchi va tahlilchi Muhammadsoli Ismoilov bilan bugungi hamkorlik va kelajak umidlar haqida muloqot qildi.

Qirg'iziston janubidan ziyolilar fikri bilan tanishing
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:19 0:00

Muhammadsoli Ismoilov: Bizning mamlakatlar munosabatlari doim iliq va yaqin bo’lishi kerak. Amerika ilg’or va peshqadam davlat, buyuk mamlakat. Turli yo'nalishda aloqalarni rivojlantirish yo’llarini izlash darkor. Va bu o’rinda tashabbus ko’proq kichik o’lkadan chiqishi maqsadga muvofiq.

Amerika Ovozi: Ayrim tahlilchilar AQShning Markaziy Osiyo davlatlarini integratsiya tomon yo’naltirish rejalasi xom xayol, deb hisoblaydi. Deydilarki, buning uchun har besh mamlakatda siyosiy iroda, shuningdek, iqtisodlar uyg’unligi yetishmaydi…

Muhammadsoli Ismoilov: Mintaqa xalqlari yaqin hamkorlik, birlik, ahillikka intiladi. Shunday ekan, qay bir mamlakat - u kattami, kichikmi - bizlarni yaqinlashtirish uchun o’z xizmatini taklif etsa, bundan cho’chishga hojat yo’q.

Amerika Ovozi: Markaziy Osiyo yirik va taraqqiy etgan davlatlar manfaatlari to’qnashgan hudub bo’lib qolmoqda. Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya katta-katta sarmoyalar kiritmoqda. AQShning mintaqa mamlakatlari bilan aloqalarni kuchaytirish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

Muhammadsoli Ismoilov: AQSh regionda faqat siyosiy, harbiy-strategik manfaatlarni ko’zlaydi, boshqa imkoniyatlar muhokama qilinmaydi, degan fikr uncha tog’ri emas, nazarimda. Iqtisod sohasida, aytaylik, Qirg’izistonda, yer osti boyliklarini qazib olish, energetika tarmoqlari sarmoya va ilg’or texnologiyalarga muhtoj. Masalan, Kanada kompaniyalari “Kumtor” oltin konida ikki tomon foydasi uchun ish olib borayapti-ku. Faqat o’zaro xohish hamda hamkorlikda ish yuritish uchun tegishli muhit lozim.

Amerika Ovozi: Kuzatuvchilar nazarida, keyingi yillarda mintaqa mamlakatlari, xususan, Qirg’izistonda AQSh qiyofasi salbiy tomonga o’zgardi. Bu ko'rinishning oqibatlari qanday bo’lishi mumkin? Mintaqa ommasi fikrida Amerika haqida ijobiy tasavvurni qanday shakllantirish mumkin?

Muhammadsoli Ismoilov: Bilmadim… Meni xorij bilan aloqalarning boshqa bir tomoni o’ylantiradi. Nazarimda, chet davlatlar bilan aloqalarga nafaqat alohida o’lka manfaatlari, balki butun mintaqa manfaatlarini ham hisobga olgan holda yondoshmoq kerak. Aytaylik, olg’a surilayotgan taklif yoki go’ya - oltin tog’lar va’da qilinayotgan bo’lsa ham - mintaqaviy xavfsizlikka, yaxshi qo’shnichilik munosabatlariga rahna solishi ehtimoli bo’lsa, bunday hamkorlikdan voz kecha olish lozim.

Mintaqada tinchlik, barqarorlik, farovonlik - eng ustivor masala, deb o’ylayman. Shu yo’nalishda bo’lgan sa’y-harakatlar olqishga loyiq.

Amerika Ovozi: Suhbatingiz uchun rahmat!

XS
SM
MD
LG