O’zbekiston “Birdamlik” xalq demokratik harakati bugun AQShning Missuri shtati Sent-Luis shahrida birinchi qurultoyini o’tkazmoqda. O’zbekistondan vakillar kelmagan, deydi “Amerika Ovozi” bilan gaplashgan faollar, chunki mamlakatdan chiqish qiyin.
Harakatning bildirishicha, bugun va ertangi tadbirda maxsus hay’at va kotibiyat saylanadi, shuningdek, vakolatlar belgilanadi hamda tashkilotning ichki tizimlarini shakllantirish to’g’risida gap ketadi, masalan moliya-iqtisod va nazorat-taftish bo’limlari.
“Birdamlik” rahbari Bahodir Choriyev nozo’ravon kurash xususida ma’ruza qilib, yig’ilganlar u olg’a surgan dasturni ko’rib chiqmoqda. Foto va video ko’rgazma ham tashkil etilgan. Qurultoyga amerikalik ekspertlardan Sara Kendzior (Sarah Kendzior) ham tashrif buyurub, o'z tahlili bilan o'rtoqlashgan.
"Nozo'ravon fuqaroviy kurash bayrog'i o'n yildirki baland ko'tarilgan",- deydi Choriyev harakat saytida nashr etilgan savol-javobda.
“Birdamlik” shuni bildiradiki, harakatning O’zbekistondagi faollari qurultoyni Toshkentda yig’ilib, kuzatish imkoniyatidan ham mahrum qilingan.
Qurultoyda qatnashayotgan Bobur Malikov, O'zbekistonning AQShdagi ilk elchisi bo'lgan arbob nazarida oppozitsiya tashviqotni kuchaytirishi lozim.
"Serquyosh O'zbekistonim" koalitsiyasi rahbari, Tennessi shtatida yashaydigan Sanjar Umarov esa demokratik jamiyatlarda yashayotgan vatandoshlar imkoniyatlarni ishga solishga undaydi.
Birmuncha avval muxolifatdagi “Erk” partiyasi ham Toshkentda rejalagan qurultoyini o’tkazishga muvaffaq bo’lmagan edi.
O’zbekiston muxolifati faoliyatiga doir so’nggi qurultoyni ikki yillar muqaddam O’zbekiston Xalq Harakati Pragada o’tkazgan.
Mamlakat ichkarisida keskin ta’qibda bo’lgan o’zbek muxolifati o’z faoliyatini asosan xorijdan turib amalga oshiradi.
Ammo faollar o’zbek muxolifati tashqi imkoniyatlardan ham samarali foydalana olmayotgani, jamoatchilikda oppozitsiya degan tushuncha yo’qolib borayotganini aytishadi.
Huquq himoyachisi Tolib Yoqubov:
“Hozir O’zbekiston muxolifati degan tushuncha o’chib borayapti. Ularning qo’lidan hech ish kelayotgani yo’q. “Birlik” partiyasi ruschasiga aytganda razval bo’ldi. Partiya liderining safdoshlari ham shu fikrda. “Erk” partiyasi ham shu “Birlik” qatorida biron faoliyati kuzatilmaydi, uning O’zbekiston ichkarisidagi faollarini qamab tashladi. O’zbekiston Xalq Harakati tashkiloti bor, Muhammad Solih tashqarida tuzgan. Bu harakatni ham qo’shilgan tashkilotlarning deyarli hammasi tark etdi”.
“Birdamlik” nisbatan yosh muxolif tashkilotlardan. Qurultoy natijalari uning imkoniyatlarini ko’rsatadi, ammo tashkilot bayonotlari ba’zan haqiqatdan yiroq, deydi Tolib Yoqubov.
“Bu tashkilot O’zbekistonda u bu ishlarni amalga oshirishga intilayapti. Endi qurultoy natijlarini kutamiz, qani qanday qarorlar qabul qilishadi. Ammo Bahodir Choriyev birmuncha avval O’zbekistonda inqilob boshladik deb xabar tarqatgan edi, ya’ni boshlamoqchimiz emas, aynan boshladik deb e’lon qildi. Hatto qisqa muddatlardan keyin hokimiyatni qo’lga olamiz degan gaplargacha bordi. Lekin voqealar “Birdamlik” ning bu gapi amalga oshmaganini ko’rsatdi”.
O’zbekistonda muxolif partiyalar mustaqillik yillarida shakllana boshlagan. 1990-yillar boshida “Erk” partiyasi rasman ro’yxatga olindi, partiya yetakchisi Muhammad Solih dastlabki prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ham qatnashdi.
Ammo keyinchalik muxolifatga nisbatan keskin tazyiqlar boshlandi, partiyalar faoliyati taqiqlandi va quvg’inga solindi.
Bugungi kunda o’zbek muxolifati o’z faoliyatini asosan tashqaridan yuritayotgan bo’lsa-da, tazyiqlardan xoli emas.
Son’ggi yillarda chet eldagi muxolifat vakillariga nisbatan uyushtirilgan suiqasdlar ularning siyosiy faoliyati bilan bog’liq ko’riladi.
Bahodir Choriyevning otasi Hasan Choriyev o'tgan yili yozda yosh juvonga jinsiy tajovuz qilganlikda ayblanib qamalgan edi.
Bir necha oy o'tib, amnistiya natijasida u ozodlikka chiqdi. Ko'p o'tmay vafot etdi.
Choriyevlar O'zbekiston hukumatini "Birdamlik" uchun keksa odamdan alamini olganlikda ayblaydi.