Breaking News

Muallimu fermer, doktoru hisobchi uchun Amerikada malaka oshirish imkoni


El Khartoushi Walid of Libya (C) challenges Juvenal Edjogo (R) and Fousseny Kamissoko of Equatorial Guinea during the opening match of the African Nations Cup soccer tournament in Estadio de Bata "Bata Stadium", in Bata January 21, 2012.
El Khartoushi Walid of Libya (C) challenges Juvenal Edjogo (R) and Fousseny Kamissoko of Equatorial Guinea during the opening match of the African Nations Cup soccer tournament in Estadio de Bata "Bata Stadium", in Bata January 21, 2012.

Joriy hafta O’zbekiston Markaziy bankining bir necha xodimi Amerikaga kelib tajriba almashadi.

Illinoys va Viskonsin shtatlarida uch hafta davomida kredit tizimi qanday ishlashi bilan tanishadi.

Bu 10 mutaxassis AQShning USAID – Xalqaro taraqqiyot agentligi yurituvchi dastur qatnashchilari.

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi O’zbekistonda 1993 yildan beri ishlab keladi.

Iqtisodiy taraqqiyot yo’lida kichik grantlar berib, mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlik qiladi.

Mana shu loyihalardan biri “Community Connections”, ya’ni jamiyatlarni bir-biri bilan bog’lash dasturi bo’lib, uning asosida 2005 yildan shu paytgacha 167 mutaxassis Amerikada bo’lib qaytgan.

USAIDning O’zbekistondagi rasmiysi Xayrulla Mashrabovning tushuntirishicha:

“Mazkur dastur o’z mazmuni bo’yicha ko’p tarmoqli hisoblanadi. Unda xalq xo’jaligida ishlab yurgan barcha mutaxassislar qatnashishi mumkin. Uy-joy, ta’lim, turizm sohasida ishlayotga kishilar, vrachlar, hamshiralar, fermerlar va boshqalar”.

2005 yildan beri “Community Connections” dasturi O’zbekistondan ko’plab yo’nalishlar bo’yicha mutaxassis tanlab, Amerikaga jo’natgan, jumladan kredit uyushmalarini qo’llab-quvvatlash; ona va bola salomatligi; inson savdosiga qarshi kurash; ilm-fan va ta’lim; donorlar orqali qon to’plash: nogironlarga madad, suv ta’minoti; uy-joy qurish; dehqonchilik va chorvachilik: asalarichilik; silga qarshi kurash; sog’liqni saqlash va tibbiyot va turizm.

Mazkur dastur o’z mazmuni bo’yicha ko’p tarmoqli hisoblanadi. Unda xalq xo’jaligida ishlab yurgan barcha mutaxassislar qatnashishi mumkin.
Mazkur dastur o’z mazmuni bo’yicha ko’p tarmoqli hisoblanadi. Unda xalq xo’jaligida ishlab yurgan barcha mutaxassislar qatnashishi mumkin.

“2007 yilda ko’ngilli donorlikni rivojlantirish bo’yicha 10 mutaxassisni yuborgan edik. Amerikada bo’lib qaytgan qatnashchimiz Shuhrat Ochilov “Qon insonlar xizmatida” nomli nodavlat tashkilot vakili, o’rganganlarini O’zbekistonda tadbiq etish harakatida. Masalan, donorlikka yoshlarni, studentlarni jalb qilish tajribasini".

"2008 yilda esa Farg’ona viloyatida asalarichilik bilan shug’ullanuvchi fermerlarni AQShning Nevada va Kaliforniya shtatlariga jo’natdik. Mana hozirgi damda ham o’zbekistonlik asalarichilar Amerikada bilim oshirmoqda, bir guruh mutaxassisimiz o’sha yerda”, - deydi Xayrulla Mashrabov.

Uning aytishicha, o’zbekistonlik fermerlar AQShdagi asalarichilik uyushmalari bilan kelishib, bordi-keldini yo’lga qo’ygan.

Shundan beri, har yili Amerikadan mutaxassislar O’zbekistonga, o’zbekistonlik arichilar AQShga qatnab, tajriba almashib keladi.

Kimda kim dasturda qatnashaman desa, qayerdan ma’lumot olishi mumkin degan savolga USAID xodimlari “odatda mahalliy matbuotda e’lon chop etamiz” deydi.
Kimda kim dasturda qatnashaman desa, qayerdan ma’lumot olishi mumkin degan savolga USAID xodimlari “odatda mahalliy matbuotda e’lon chop etamiz” deydi.

USAID vakili Virjiniya Morgan deydiki, mintaqadagi har bir davlatdan taxminan 50 odam tanlab olinadi.

“Ular Qo’shma Shtatlarida uch hafta yashab, ishlab, hamkasblaridan ish o’rganadi. Bu mutaxassislar mahalliy oilalarda joylashadi, demakki o’rtada faqat kasbiy aloqa emas, do’stona rishtalar ham bog’lanadi”, - deydi Morgan xonim.

Virjiniya Morganning aytishicha, qatnashchi ingliz tilini bilish shart emas, ammo zarar qilmaydi. Chunki amerikalik oila bilan yashaysiz. Lekin odamlar juda intiluvchan, deydi Morgan xonim, Internet va lug’atlardan foydalanib, tilni tez o’zlashtirib oladi.

Kimda kim dasturda qatnashaman desa, qayerdan ma’lumot olishi mumkin degan savolga Virjiniya Morgan “odatda mahalliy matbuotda e’lon chop etamiz” deydi. Hokimiyatlar, davlat idoralari, tashkilotlarga xabar beriladi. O’zbekistondachi?

“Mazkur paytda USAIDning O’zbekistondagi veb-sayti tayyorlanish jarayonida, lekin hozircha sahifada programma haqida ma’lumot yo’q. Ko’pincha hamkor tashkilotlar va vazirliklar orqali odamlarga chiqishga harakat qilamiz. Gazeta-jurnallarni xabardor qilamiz”, -deydi Xayrulla Mashrabov.

Bu dastur asosan bahor va yoz oylariga, odamlar ta’tilga chiqadigan, studentlar darsdan bo’shaydigan damga mo’ljallangan.

XS
SM
MD
LG