Breaking News

Bosh vazir iste'fosini talab qilgan o'zbekistonlik bloger sudlanmoqda


A group thought to be migrants from Tunisia on board a precarious wooden boat waits to be assisted by a team of the Spanish NGO Open Arms, around 20 miles southwest from the Italian island of Lampedusa.
A group thought to be migrants from Tunisia on board a precarious wooden boat waits to be assisted by a team of the Spanish NGO Open Arms, around 20 miles southwest from the Italian island of Lampedusa.

O’zbekiston lyustratsiyaga (davlat tizimini Karimov davridan qolgan amaldorlardan tozalash nazarda tutilmoqda - tahr.) muhtoj, deb hisoblaydi ijtimoiy tarmoqlarda Bosh vazir Abdulla Aripov iste’fosini talab qilgani uchun javobgarlikka tortilayotgan bloger Abbos Nasriddinov.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Abbos Asad” nomi bilan tanilgan faol ustidan bosh vazirni, davlat organlarini haqorat qilish aybnomasi bilan mahkama o’tmoqda. 22-fevral kuni bu ishni ma’muriy tartibda ko’rib chiqqan Namagan shahar sayyor sudi mahkama ishida tanaffus e’lon qildi. Blogerga nisbatan eng kam ish haqining 60 barobari miqdorida jarima belgilanishi mumkin.

Nasriddinov ijtimoiy tarmoqda O’zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovga, marhum prezident Islom Karimovning qizlariga nisbatan haqoratomuz, nojoiz gaplar ishlatganlikda ayblanmoqda. Mahkama ishi “Yoshlar ittifoqi”ning Namangan shahar bo'limi sobiq rahbari Anvar Ikromov tomonidan kiritilgan ariza bo’yicha Axborot vazirligi qoshidagi ekspertlar guruhi bergan xulosalarga asosan qo’zg’atilgan. Ko’pchilikka hamon mavhum qolayotgan bu ekspertlar guruhi Nasriddinovning chiqishlarida Bosh vazirga, davlat organlariga nisbatan haqoratlar mavjud, deb topgan.

22-fevral kungi sayyor sud majlisida javobgar sifatida qatnashgan Abbos Nasridovning aytishicha, u da’vogar arizasiga ko’ra tuzilgan ekspertlar guruhi xulosasini xolis deb hisoblamaydi, suddan mustaqil ekspertiza o’tkazilishini so’ragan.

“Litsey binosida o’tgan sud zalida yuzga yaqin odam to’langan edi. Mening nazarimda bu namoyishkorona tashkil qilingandek, internetga chiqaverishdan ogohlantirishdek tuyildi. Keyin tarjimai holga oid savol-javoblar bo’ldi, ish bo’yicha esa qanaqangi e’tirozlaringiz bor, tan olasizmi deb so’rashdi. Men Facebook dagi chiqishlarim hammasi qonunchilik doirasida bo’lgani, hech kimga tuhmat yoki haqorat qilmaganimni aytdim. Keyin kimni haqorat qildim, deb so’radim. Bosh vazirni, deb javob berishdi, kim da’vogar bu yerda desam, davlat deb javob berishdi. Men davlat bu modda bo’yicha da’vogar bo’lishi joizmi, dedim. O’zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi qoshidagi qandaydir ekspertlar guruhi bor, unining xulosasida mening profilimda hukumat rahbarini obro’sizlantirishga, tasdiqlanmagan, tuhmatona, haqoratomuz materiallar joylashtirilgan, deyilgan. Men bu ekspertlar guruhi xulosasi da’vogar buyurtmasiga ko’ra chiqarilgan, undan adolatli qaror chiqarib bo’lmaydi, mustaqil, xolis ekspertiza o’tkazilishni talab qilaman, dedim” - deydi Abbos Nasriddinov.

Bloger siyosiy muhojirlikda yashayotgan jurnalist Alisher Taksanovning rus tilidagi maqolasini o’zbekchaga o’girib o’z sahifasida e’lon qilgan. Shuningdek, u jamoatchilikda bevosita efir bilan mashhur bo’lgan “Press-klub” ko’rsatuvining jonli efirdan olib tashlanishiga qarshi ijtimoiy tarmoqlarda kuzatilgan munozaralarga qo’shilgan; o’z sahifasiga jonli efir taqiqlanishida asosiy aybdor deb ko’rilgan Bosh vazir Abdulla Aripovning iste’foga ketishi so’ralgan chaqiriq joylagan. Abbos Asadga qo’yilgan ayblovlar shu chiqishlariga asoslanadi.

“Men Namangan shahar ichki ishlar boshqarmasining terrorizmga qarshi kurash bo`limi zobiti bilan bo’lib o’tgan suhbatda ham Aripov iste’fosini so’rab post joylaganimni, shu bilan senzuraga qarshi o’z pozitsiyamni ifodalaganimni aytdim”, - deydi u.

Abbos Nasriddinovga ko’ra, u qonunchilikka muvofiq harakat qilgan, chiqishlarida birovni haqorat qilish yo’q; ular so’z erkinligi huquqini ifodalaydi.

Bugun O’zbekistonda islohotlar ketayotgan bir paytda bunday mavhum ayblov yuzaga chiqishi sobiq prezident Islom Karimov davridan qolgan arboblar faoliyati bilan bog’liq.

Bloger aynan shuning uchun ham bugun O’zbekiston lyustratsiya haqidagi qonunga muhtojligini, davlat sobiq tuzumdan qolgan arboblardan tozalanishi zarurligini aytadi.

“Bi ish avvalgi davrdan qolgan, eski qolipdan voz kecha olmagan rahbarlarning faoliyati bilan bog’liq. Ular bugun prezident Mirziyoyev olib borayotgan siyosatni to’liq anglay olmayotgan, hamon eski qolipda yurgan siyosatchilar, rasmiylar, amaldorlar, ular inersiya bilan eski tartibda ishlab kelishyapti. Shuning uchun ham O’zbekistonda ham lyustratsiya o’tkazilishi, bu haqda qonun kiritilishi, eskicha qarashdagi amaldorlardan qutilib, tizim o’z sha’nini bulg’amagan yangi, yosh kadrlar bilan to’ldirilishi kerak. Xulosa, O’zbekistonga lyustratsiya kerak, men shunday deb hisoblayman”, - deydi u.

O’zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovni haqarotlash, uni tuhmatona chiqishlar bilan obro’sizlantirishga harakat qilishda ayblanayotgan Abbos Nasriddinovning mahkama ishi 23-fevral kuni davom etadi. Mahkamada blogerga nisbatan da’vo arizasi kiritgan tomonning ham qatnashishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG