So'nggi besh yilda O’zbekistonda kamida yetti nafar bola paxta terish mavsumida fojeali halok bo'lgan. Majburiy mehnat kampaniyasi davrida ko’plab bolalar salomatligiga jiddiy ziyon yetgan, nogiron bo’lib qolganlar ham bor.
Markaziy Osiyoda inson huququlari tashkiloti O'zbekistondagi mavjud majburiy mehnat tizimining bolalar hayotida qanday asorat qoldirgani haqida hisobot tayyorlagan.
Paxta dalalaridagi majburiy mehnat qurboni bo'lgan bolalar fojeasi bir-biriga o'xshash. Aksariyat holatlarda jismonan va ruhan toliqqan bolalar paxta dalasida uxlab qolishgan. Dalada uxlab qolgan yosh bolalarni traktor bosib o’tib ketgan vaziyatlar ham bo’lgan.
Shuningdek, paxta dalasidan qaytayotib yo'lda avtohalokat qurboni bo’lgan bolalar ham bor. Paxta terimi bilan bog’liq turli vaziyatlarda salomatligiga putur yetgan, hatto mayib-majruh bo’lgan bolalar ham bo’p.
Fransiyada ro'yxatdan o'tgan Markaziy Osiyo inson huquqlari tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, paxta kampaniyasida davrida yuz bergan fojealar yuzasidan ayrim surishtiruvlar o’tkazilgan, biroq aybdorlar deyarli jazosiz qolgan.
“Shu paytgacha majburiy bolalar mehnati haqida gapirib kelindi, lekin paxta kampaniyasining asoratlari, bolalar o'limi, nogiron bo’lishi, salomatligini yo'qotishi e'tibordan chetda qoldi. Bu jarayonni o'rganib kattalarning bolalar taqdiriga befarqligidan tushkunlikka tushasan. Bu o'zbek jamoatchiligiga xos bo'lmagan holat”, - deydi Markaziy Osiyo Inson huquqlari tashkiloti rahbari Nadejda Atayeva.
Tashkilot rahbarining aytishicha, yig'ilgan hujjatlar so'nggi besh yilda paxta mavsumida kuzatilgan fojealarning kichik bir qismidir. O'zbekiston sharoitida imkoniyatlar cheklangan, tekshiruv o'tkazuvchi mustaqil kuzatuvchilar doimiy tahdid ostida. Bolalarning ota-onalari qo'rqitilgan. Ulardan bo’lib o’tgan ishlarni hech kimga aytmaslik haqida tilxat yozdirib olingan.
“O'lgan bolalarning qarindoshlaridan tilxat yozdirib olingan, bunga davlat siri sifatida qaralmoqda. Biz o'zimizga ma'lum 30 dan oshiq holatning 7 tasini ochiqlashga qaror qildik, chunki ular yuzasidan aniq dalillar bor. Bosimlar kuchli, bolasini yo'qotgan onalar sukut saqlashga mahkum qilingan. Bola paxta terimi paytida o'layapti, hukumat javobgarlarni jazolash bilan emas, mazlumlarga tahdid qilish bilan ovora”, - deydi Atayeva.
Tahdidlar borligi bois, qurbonlar ro'yxatini ochiq e’lon qilish masalasini uzoq o’yladik, deydi u. Huquq faoli bolalarning qarindosh-urug'lari bosim va tazyiq ostida qolishi mumkinligidan xavotir olganini aytadi.
“Biroq buni jamoatchilikdan yashirish muammoni yanada og'irlashtiradi, - deydi u. - Biz faktlarni, ism shariflarni ochiqlab, aybdorlar jazolanishini talab etmas ekanmiz, paxta dalasida bolalarning fojeali o'lim topishi davom etaveradi”.
Markaziy Osiyo inson huquqlari tashkiloti paxta dalalarida sodir bo’layotgan bolalar o'limi va nogironligi holatlariga xalqaro jamoatchilik, xususan, BMT diqqatini tortishga urinmoqda.
“BMT maxsus ma‘ruzachisiga xabar tayyorlayapmiz, BMT O'zbekiston hukumatiga so'rovnoma yo'llab, surishtiruv ochilishini tezlashtiradi degan umiddamiz”, - deydi tashkilot rahbari.
O'zbekiston qishloq xo'jaligining asosiy ekini bo'lgan paxtani terib olishda har yili maktab o'quvchilari ommaviy safarbar etiladi. O'tgan yilgi mavsumda bu amaliyotning biroz cheklangani, maktab o'quvchilari o'rniga, kollej va litsey talabalari, oliy o’quv yurtlari va davlat korxonlari xodimlari jalb qilingani kuzatildi. Bu xalqaro jamoatchilik ko’rsatib kelayotgan bosim natijasi ekani aytilmoqda.