Breaking News
O'zbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O'zbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev

O'zbekistonda saylov: Shavkat Mirziyoyev 88 foiz ovoz bilan g'alaba qozondi

O'zbekistonda 4-dekabr kuni prezident saylovi bo'lib o'tdi. Bu saylov mustaqil O'zbekiston tarixida ilk bor Islom Karimovsiz o'tdi.

17:28 5.12.2016

Shavkat Mirziyoyev - O'zbekistonning yangi prezidenti

O'zbekiston Markaziy saylov komissiyasiga ko'ra, Shavkat Mirziyoyev 88,61 foiz ovoz bilan prezident saylovlarida g'alaba qozondi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Mirziyoyevni telefon orqali qutlab, Moskvaga taklif etdi.

O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoevga ovoz berishga qatnashgan saylovchilarning 15 906 724 nafari ovoz bergan.

O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan Sarvar Otamuratov 421 ming 55 nafar yoki 2,35 foiz, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Xatamjon Ketmonov 669 ming 187 nafar yoki 3,73 foiz, O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Umarov 619 ming 972 nafar yoki 3,46 foiz ovoz to‘pladi.

Saylovning yakuniy natijalari 10 kun muddat ichida e’lon qilinadi.

04:25 5.12.2016

Markaziy saylov komissiyasi saylov yakuni bo'yicha yig'in o'tkazdi

Brifingda berilgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, saylovchilarning 87 foizdan ortig‘i ovoz bergan va ayni paytda, ovozlarni sanash jarayoni ketmoqda.

Shuningdek, ovoz berish jarayonida saylovni kuzatgan mahalliy va xorijlik kuzatuvchilardan saylov qonunchiligi buzilishi bilan bog‘liq murojaat yoki arizalar kelib tushmagani aytildi.

Bundan tashqari, ayrim saylov uchastkalarining rahbarlari ovoz berish jarayoniga oid hisobotlarini eshittirdilar.

Saylovning dastlabki natijalari dushanba - 5 dekabrь kuni soat 16:00da e’lon qilinishi aytildi.

Markaziy saylov komissiyasi yig'inidan
Markaziy saylov komissiyasi yig'inidan

20:36 4.12.2016

O'zbekistonda ovoz berish yakunlandi

Mahalliy vaqt bilan 20:00 da mamlakat bo'ylab saylov uchastkalarida ovoz berish to'xtatildi. Mustaqil O'zbekiston tarixida ikkinchi prezident uchun saylov bo'lib o'tdi. Dastlabki natijalar 5- dekabr kuni ma'lum qilinadi. Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotiga ko’ra, ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning 80 foizga yaqini jarayonda qatnashgan. Ertalab 06.00 dan ochilgan saylov uchastkalari 20.00 gacha ishlagan.

Nomzodlar: Liberal-demokratlardan Shavkat Mirziyoyev, "Milliy tiklanish" dan Sarvar Otamurodov, "Adolat" dan Narimon Umarov va Xalq demokratik partiyasidan Hotamjon Ketmonov.

Nomzodlar orasida hukumatga muxolif siyosatchilar yo`q. Amaldagi rahbar Shavkat Mirziyoyev g`olib chiqishiga shubha yo’q.

20:28 4.12.2016

Prezidentlik uchun nomzodlar ovoz berdi

Prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 132-saylov uchastkasida o'z ovozini berdi. U bilan birga oila a'zolari ham kelgan. Ijtimoiy tarmoqlarda va mahalliy matbuot internet sahifalarida Mirziyoyevning oila a'zolari bilan saylov uchastkasida tushgan suratlari paydo bo'ldi.

Shavkat Mirziyoyev oila a'zolari bilan
Shavkat Mirziyoyev oila a'zolari bilan

Prezidentlikka nomzodlardan yana biri Hatamjon Ketmonov ham ovoz berishga turmush o'rtog'i bilan kelgan. Ovoz berib bo'lgandan keyin jurnalistlar undan kimga ovoz bergani haqida so'raganda, "albatta, o'zimga", deb javob bergan.

Hatamjon Ketmonov turmush o'rtog'i bilan saylov uchastkasiga kirib kelmoqda
Hatamjon Ketmonov turmush o'rtog'i bilan saylov uchastkasiga kirib kelmoqda

Prezidentlik uchun qolgan nomzodlar ham ovoz berib bo'lgan.

“Milliy tiklanish” partiyasidan prezidentlikka nomzod Sarvar Otamuratov
“Milliy tiklanish” partiyasidan prezidentlikka nomzod Sarvar Otamuratov

Prezidentlik uchun nomzod Narimon Umarov saylov uchastkasiga kirish oldidan
Prezidentlik uchun nomzod Narimon Umarov saylov uchastkasiga kirish oldidan

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG