Mahalliy kuzatuvchilar nazarida Bishkekdagi oliy maqomli muzokaralar natijalari kutilgandan ziyoda bo’ldi. Turli yo’nalishlari bo’yicha o’ndan ortiq hujjat qabul qilindi.
Munosabatlarning eng murakkab va og’riqli nuqtalari sanalmish chegara hamda suv va baland to’g’onli Qambarota suv-elektr stansiyasi masalasida keskin siljish ro’y berdi. Mazkur inshoot barpo etilishiga qarshilik bildirib kelgan Toshkent qurilishda ishtirok etishga hozirlik izhor qildi.
O’zbekiston Qirg’izistonda qo’shma korxonalar ochishga, jumladan, avtosanoat yo’nalishida sarmoyalar kiritishga qiziqish bildirdi.
Ikki davlat rahbarlarining qo’shma bayonotida mintaqaviy hamkorlik ustivor yo’nalish sifatida urg’ulandi.
Bugundan e'tiboran O'sh yaqinidagi "Dostuk" chegaradan o'tish punktida tartib yengillashdi: endi O’zbekistonga tashrif buyurish uchun telegramma- taklifnomalar talab qilinmaydi.
“Amerika Ovozi” mahalliy mulozimlar va jamoat arboblariga murojaat qilib, O’zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning Qirg’izistonga safari natijalari, ochilayotgan imkoniyat va istiqbollarga nazar tashlashni so’radi.
Facebook Forum