Breaking News

Huquq faollari: Lara Fabian konsertini bekor qilganidan xursandmiz


Fransiyadagi inson huquqlari tashkilotining diktatura rejimini himoya qilmaslik haqidagi murojaatidan so’ng xonanda konsert berish fikridan qaytgan.
Fransiyadagi inson huquqlari tashkilotining diktatura rejimini himoya qilmaslik haqidagi murojaatidan so’ng xonanda konsert berish fikridan qaytgan.
O’zbekistondagi siyosiy vaziyatdan xabardor qilingan xonanda Lara Fabian Toshkentda konsert bermaslikka qaror qilgan. Taniqli qo’shiqchining konserti 27- oktabr kuni poytaxtdagi “Istiqlol” saroyida Gulnora Karimova shafe madaniyat va san’at haftaligida o’tishi rejalangan edi. Fransiyadagi inson huquqlari tashkilotining diktatura rejimini himoya qilmaslik haqidagi murojaatidan so’ng xonanda konsert berish fikridan qaytgan.

Huquq faollari: Lara Fabian konsertini bekor qilganidan xursandmiz/Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:15 0:00
Yuklab oling

Lara Fabian qarorini diktaturani yoqlamasligi va inson huquqlarini toptayotgan hukumatga xizmat qilmasligi bilan izohlaydi. U bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham ma’lum qilgan. Xonanda Facebookda Toshkentdagi konsert ortida Gulnora Karimova turganidan huquq himoyachilarining murojaati bilan tanishgach xabar topganini yozadi.

Fransiyada ro’yxatdan o’tgan Markaziy Osiyo inson huquqlari tashkiloti rahbari Nadejda Atayeva so'zlariga ko’ra, O’zbekistondagi vaziyatdan xabar topgan Lara Fabian o’zini diktaturani himoya qilish kampaniyasiga tortilganini bildirgan.

"Nihoyat, u jamoatchilikdagi muhokamalar orqali O’zbekistondagi konserti qanday qabul qilinishi mumkinligini tushundi. Shuning uchun ham u 25 yildan buyon umuminsoniy qadriyatlar haqida kuylab kelayotgani, muxlislariga murojaat qilib, bunday rejimni qo’llamasligini aytmoqda", - deydi huquq himoyachisi.

Atayev so'zlariga ko’ra, bu hol Yevropada Karimova lobbisining inqirozidan darak beradi.

"Yevropadagi to'rt davlatda Gulnora Karimova korrupsiyada gumon qilingan jinoiy ishlar mavjud. Hozir uning Yevropadagi mol-mulki nazoratda turibdi. Obro’si juda past, bundan tashqari, mamlakatdagi siyosiy va ijtimoiy vaziyat. Lara Fabian fransuz jamoatchiligida kechgan muhokamalar bois o’z vaqtida bir qarorga keldi. O’zbekistonda odamlar bukilganicha paxta dalalarida ishlayotgan bo’lsa, u borib kim uchun konsert beradi? Men O’zbekiston fuqarosi sifatida ham, huquq himoyachisi sifatida ham uning bu qaroridan juda xursandman. Men uning o’z prinsiplariga sodiq ekaniga ishona boshladim", - dedi Atayeva.

Karimova tashabbusida san’at va madaniyat haftaligi har safar taniqli yulduzlar konserti bilan yakunlanadi. Hozirgacha Xulio Iglesias, Sting, Rod Styuart va yana o’nlab mashhur xonandalar konsert berishgan.

Haftalik boshlanar ekan, sal oldin Karimovaga qarashli bir necha telekanal efirdan uzub qo’yilgan edi. Fabian chiqishi bekor qilinishi ham Gulnora Karimovaga berilgan navbatdagi jiddiy zarba sifatida baholanmoqda. Ferghana News axborot agenlitining bildirishicha, prezidentning qiziga tegishli Terra Group tarkibidagi uch FM stansiya ham efirga chiqmay qo'ygan. Bular "Terra", "A'lo FM" va "Zamin".

Konsert tashkilotchilaridan biri Gulnora Karimova rahbar Fond Forum tashkiloti hisoblanadi. Hozircha Gulnora Karimova ham, Fond Forum ham chiptalari sotuvga chiqarilgan bu konsert yuzasidan biror munosabat bildirganicha yo’q.

Lara Fabinga murojaat qilgan ACAT (o’lim jazosiga va qiynoqlarga qarshi nasroniylar uyushmasi) O’zbekistondagi vaziyatni yaqindan kuzatib borayotgan inson huquqlari tashkilotlaridan. Bu tashkilot faollari mamlakatda qiynoqlar bilan bog'liq ahvolni ham kuzatayotganini aytadi.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG