Breaking News

Prezident ishda; Gulnora Karimova Rustam Azimovni nishonga olmoqda


Bugun Toshkentda prezident Karimov Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisovni qabul qilgan. Iyun oyida bu davlat rahbari Nursulton Nazarboyev O'zbekistonga tashrif buyuradi. 15-aprelda esa Karimov Rossiyaga safar qilishi rejalangan.
Bugun Toshkentda prezident Karimov Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisovni qabul qilgan. Iyun oyida bu davlat rahbari Nursulton Nazarboyev O'zbekistonga tashrif buyuradi. 15-aprelda esa Karimov Rossiyaga safar qilishi rejalangan.
Iqtisodiy taraqqiyotga to’g’anoq bo’lib turgan korrupsiya O’zbekiston jamiyatini yemirayotgani sir emas. Rasmiy Toshkent bu illatga qarshi kurashayapmiz desada, poraxo’rlik darajasi hamon yuqori. Hatto prezidentning qizi Gulnora Karimova o’z shaxsiy blogida bosh vazir o'rinbosari Rustam Azimovni yirik moliyaviy loyihani yashirganlikda ayblagan.

Karimov, Karimova va mish-mishlar/Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:22 0:00
Yuklab oling

Gulnora Karimova o'z blogida Osiyo Taraqqiyot Banki mablag'i evaziga rejalangan muqobil energiya ishlab chiqarish loyihasi haqida yozar ekan, bu yirik proyekt ijrosi Bosh vazir o'rinbosari Rustam Azimov boshchiligida “maxfiy” va shaffoflikdan uzoq ravishda olib borilmoqda, deya e'tirof etiladi.

Ta'kidlanishicha, muqobil energiya ishlab chiqarish tajribasiga ega yetakchi kompaniyalar loyihaga doir davlat tenderidan siqib chiqarilgan. Mavzuni “Twitter” sahifasida davom ettirgan Gulnora Karimova Rustam Azimov uning fikrlarini “provokatsiya” sifatida qabul qilganini aytadi.

Uzoq yillardan buyon O'zbekiston hukumatida turli lavozimlarni band etib kelayotgan Rustam Azimov Gulnora Karimova kabi Islom Karimovning ehtimoliy vorislari ro'yxatida deya taxmin qilinadi.

Shu bois Karimovaning bu bayonoti elita ichida hokimiyat uchun kurash avj olgan degan mulohazalarni qizitib yubordi.

Bu shov-shuv prezident Karimovning sog'lig'i keskin yomonlashgan degan mish-mishlar barobarida yuza chiqayotgani ham diqqatlidir.

Xorijdagi muxolifat Karimov yurak xurujiga uchragan, o'ta og'ir ahvolda deya ishonch bildirar ekan, O’zbekiston rasmiylari buni qa’tiyan rad etdi. Bu gumonlar Gulnora Karimova tomonidan ham inkor qilindi.

Jurnalistlar uchun bu singari mish-mishlar qanchalik asoslik ekanini aniqlash juda qiyin, deydi O’zbekiston hayoti va siyosatini uzoq yillardan beri yoritib kelayotgan Galima Buxarboyeva, uznews.net bosh muharriri.

Karimovning sog’lig’i yomonlashgan bo’lsa ham bu xabarni tasdiqlash imkoniyati bag’oyat cheklangan.

“Islom Karimovga biron gap bo'lgan taqdirda ham, ishonamanki, uning atrofidagilar bu narsani uzoq vaqtgacha oshkor qilishmaydi. Islom Karimov kabi uzoq yillik diktatorlarni to'satdan biron narsaga yo`liqishi butun mamlakatni mavhumlikka qo'yishi bilan ham xatarlidir. Uning atrofidagilar ham bu narsani juda yaxshi bilishadi”, - deydi jurnalist.

Bugun Toshkentda prezident Karimov Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisovni qabul qilgan. Iyun oyida bu davlat rahbari Nursulton Nazarboyev O'zbekistonga tashrif buyuradi.

15-aprelda esa Karimov Rossiyaga safar qilishi rejalangan.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG