Breaking News

Muhojirlar: Mehnatsevar odam "Amerika orzusi"ga tez yetishadi


"Grin karta" Amerikada qonuniy yashash va ishlash huquqini beradi
"Grin karta" Amerikada qonuniy yashash va ishlash huquqini beradi
AQShda qonuniy yashash va ishlash huquqini beruvchi “grin karta” lotereyasiga hujjat topshirish shu oy yakunlandi. Kelajagini Amerikada ko’rishni orzu qilgan odamlar javobini kutib, endi bir yil umid bilan yashaydi. O’tgan yili yutganlar esa Amerikaga kelib, yangi hayot boshlashga harakat qilmoqda. Ular orasida o’zbeklar ham bor.

Naimaxon Toshkentda. Ikki yil “grin karta”ga hujjat topshirib, nihoyat unga omad kulib boqdi. Turmush o’rtog’i bilan Amerikaga kelganiga bir oy ham bo’lgani yo’q. Joylashish va ko'nikish oson emas, ammo afsuslanganimiz yo'q, deydi u.

(Lavhaning to'liq audio shakli)

Grin karta o'ynagan o'zbeklar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:52 0:00
Yuklab oling


Burhon ismli yigit oilasi bilan Virjiniya shtatida yashaydi. Olti yil oldin “grin karta” bilan kelgan. O’tgan yili AQSh fuqaroligini ham oldi. Uning aytishicha, Amerikada biror yutuqqa erishmoqchi bo’lgan odam mehnatdan qochmasligi kerak. Tilni bilish zarur. “Grin karta” yutganlar uchun Amerika hukumati hech qanday moddiy yordam ko’rsatmaydi, deydi u.

Burhonning aytishicha, boshida doim ham qiyin bo’ladi. Naimaxon hozir ana o’sha davrdan o’tmoqda.

"Uy topish kerak, mashina olish kerak, ish qidiryapmiz, tilni yaxshiroq o'rganyapmiz. Xarajatlari ko'p. Qiyinchiliklardan o'tib, hayotimiz o'z yo'liga tushib ketadi degan umiddaman".

O’zbekistonda har yili 4000 dan ortiq odam Amerikada qonuniy yashash va ishlash huquqini qo’lga kiritadi. Kimdir mol-mulkini sotib, oilasini olib, o’zi bilmagan yurtga ravona bo’ladi, ammo hammaning ham hayoti yurishib ketavermaydi. O’zbekistonga qaytib ketganlar ham bo’lgan. Vaqt, pul, harakat zoye ketmasligi uchun ayrim yo’riqlarga rioya qilish kerak.

Burhonning aytishicha, "grin karta" bilan kelgan odam o'zi bilan hech bo'lmaganda 2-3 oyga yetadigan pul olib kelishi kerak. Iloji bo'lsa, tanishlari, do'stlari bor shtatga borgani ma'qul. Oyoqqa turib olish uchun besh yilgacha vaqt ketishi mumkin, deydi u.

Burhon o’tgan yili fuqarolikni qo’lga kiritib, oy boshida Amerika prezident saylovlarida ilk bor ovoz berishga ham ulgurdi. Naimaxon esa “sehrli diyor”da o’z o’rnini topib ketish uchun dastlabki qadamlarini tashlamoqda.
  • 16x9 Image

    Odil Ro'zaliyev

    Odil AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekistonda Jahon tillar universitetida tahsil qolgan, Nyu-Yorkdagi Peys universitetida bir yil almashinuv dasturi bo'yicha o'qigan. 

    Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. Then he was an exchange student at Pace University in New York for one year (1993-1994). He got his Master's degree from Tufts University in Massachusetts in 2004.

XS
SM
MD
LG