Breaking News

Vyetnam, Amerika diplomatik aloqani tiklaganiga 20 yil to'ldi


Vyetnam ko'chalari
Vyetnam ko'chalari

Amerika va Vyetnam o'rtasida aloqalarni tiklash, adovatni unutish uchun yillar ketdi va hech bir tomon uchun oson bo'lmadi, deydi Davlat kotibi Jon Kerri.

Aloqalar tiklanganiga 20 yil to'lishi munosabati bilan Xanoyda so'zlagan bosh diplomat Vyetnam ahliga minnatdorchilik bildirdi.

"Halok bo'lgan minglab askarlarimizni qidirib topishga yordam berdingiz, garchi o'zingiz ham minglab zobitlarni tobutga qo'ygan edingiz", - deydi Kerri.

"Uyingizga kiritdingiz. Qamoqxonalarga kiritdingiz. Mina maydonlarini tozalashga yordam berdingiz", - dedi AQSh bosh diplomati.

Shu bilan birga, savdo rishtalari jadal bo'lsa-da, Qo'shma Shtatlar Vyetnamda inson huquqlari bilan bog'liq xavotirlarni bot-bot eslatadi.

Arlington qabristonidagi xizmatchi otlar/Burial horses of Arlington
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:27 0:00

Urush faxriylari uchun yana bir yodgorlik - Disabled Veterans Memorial
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:49 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG