Breaking News

“Amerika Ovozi" jurnalistlarining nizomi


"Amerika Ovozi" 1942-yildan beri efirga chiqadi. Xalqaro teleradio dunyo bo'ylab har hafta 134 million kishiga axborot yetkazadi.
"Amerika Ovozi" 1942-yildan beri efirga chiqadi. Xalqaro teleradio dunyo bo'ylab har hafta 134 million kishiga axborot yetkazadi.

Kirish

“Amerika Ovozi” 1942-yildan e’tiboran, ishonchli hamda muntazam axborot va yangiliklar uzatib, dunyo hamjamiyatining e’tiborini qozongan. Muxlislar “Amerika Ovozi”idan aniq, xolis, haqqoniy va muvozanatli axborot kutadi. Bu me’yorlar “Amerika Ovozi” qomusida belgilangan. (Public Laws 94-350 va 103-415).

“Amerika Ovozi” shu me’yorlarga tayangan holda, dunyo xalqlari o’rtasida ishonchli axborot manbai sifatida xizmat qiladi.

Qisqacha mazmuni

Qomusda belgilangan qoidalarga binoan, “Amerika Ovozi” boshlovchilari va muxbirlaridan aniq va xolis axborot uzatishga intilish talab qilinadi. Ular AQSh hukumati nomidan gapirish huquqiga ega emaslar.

Xodimlar xususiy axborot agentliklaridan tashqari boshqa hech bir manbadan yordam olmaydilar, jumladan AQSh hukumati rasmiylari yoki agentliklaridan.

Shuningdek, “Amerika Ovozi” jurnalistlari o’z tashkilotlarining haqqoniyatini saqlab, ko’rsatuv va eshittirishlarda mukammallikka va betaraflikka intiladilar.

“Amerika Ovozi” tizimi Sovuq Urushdan keyingi davrda turli mojarolar va beqarorlik hukm surayotgan paytda faoliyat ko’rsatmoqda.

Ko’rsatuv va eshittirishlarda jahon ahliga aniq, xolis va muvozanatli tarzda tayyorlangan ma’lumotlar yetkazadi.

Bu ma’lumotlar, aniq axborot olishdan mahrum, ayni paytda erkinlik va demokratiyaga intilayotgan xalqlar uchun umid va ilhom manbaidir.

Nizom

“Amerika Ovozi” ning barcha muharrirlari, boshlovchilari va muxbirlari, shuningdek, markaziy hamda boshqa tillarda xabar tarqatuvchi xizmatlarning xodimlari quyidagi qoidalarga rioya qiladilar:

Manbalar
“Amerika Ovozi” dasturlari va yangiliklari aniq va tekshirilgan manbalar asosida tayyorlanishi lozim. Tizimning har bir jurnalisti tayyorlagan maqola kamida ikkita mustaqil (“Amerika Ovozi” iga tegishli bo’lmagan) manbaga asoslanib yozilishi kerak. Siyosiy mavzular mualliflari, muxbirlar yoki stringerlar ma’lumotlarni dalillarga asoslangan holda kerakli tilda uzatishlari mumkin.

“Amerika Ovozi” muxbiri dalillarni bevosita aniqlagan holda yoki biron bir rasmiy tashkilot tarqatgan ma’lumotlarga tayangan tarzda yuqoridagi ikki manbaga asoslanish talabi istisno qilinishi mumkin.

Ayrim hollarda, masalan, ikkinchi manba bo’lgan axborot agentliklari tomonidan tezkor yangilik berilgan yoki davlat rahbari bilan shoshilinch interv’yu o’tkazilgan taqdirda, o’sha manba nomi ko’rsatiladi.

Aniqlik va Muvozanat

Aniqlik va muvozanat birinchi darajali bo’lib, bu jihatlar “Amerika Ovozi” ining yuksak xususiyati hisoblanadi. “Amerika Ovozi” uchun aniqlik tezkorlikdan muhimroqdir va markaziy hamda boshqa tillarda xabar tarqatuvchi xizmatlarda ham shu qoidaga amal qilinadi.

Tizim voqea va hodisalarni har tomonlama va betaraf tarzda yoritadi, degan huquqiy majburiyatni o’z zimmasiga oladi. Moddiy jihatdan AQSh hukumati tomonidan quvvatlansa-da, “Amerika Ovozi” turli yangiliklar, ko’p-yoqlama fikrlar va o’rinli dalillarni mustaqil ravishda efirga uzatadi. Tashkilot o’z materiallarida yo’l qo’yilgan xatolarni tezlikda tuzatishga tayyordir.

Muayyan mahalliy yoxud ajnabiy guruhlarning o’z manfaatlarini himoya qilish, shaxsiy fikrlarini targ’ib etish maqsadida “Amerika Ovozi” idan minbar sifatida foydalanishlariga yo’l qo’yilmaydi.

Ayni qoidaga “Amerika Ovozi” ning barcha dasturlar, bo’limlar, muhokama qilinadigan maktublar, tinglovchilar sharhlari va yangiliklarda amal qilnadi. Agar muqobil fikrlarga ehtiyoj sezilsa, interv’yuer faqat bir tomonlama fikr bildirsa, dasturni olib borayotgan jurnalist qo’shimcha savollar berishi lozim.

Davlat rahbarlari bilan o’tkazilishi kerak bo’lgan suhbatlarning muhokama mavzulari haqida, iltimosga binoan, oldindan ma’lumot berilishi mumkin. Biroq, “Amerika Ovozi” jurnalistlari bunday suhbatlar chog’ida mavzuga yangilik kirita oladigan butunlay boshqa va yangi savollar berish mas’uliyuati hamda huquqiga egadirlar.

“Amerika Ovozi” muayyan bir guruhning ikkinchi guruhga nisbatan iddaolari yoxud biron ziddiyatli masala haqida biryoqlama ma’lumot e’lon qilgan taqdirda, ayni shu xabar oxiri yoki mavzu yoritilgan birinchi dasturda muvozanatni saqlaydigan izoh ham beriladi.

Agar mezoniy axborot dastur oxiriga qadar yetib kelmasa yoki ayblangan guruh o’ziga nisbatan iddaolarni sharhlashdan bosh tortsa, “Amerika Ovozi” bu haqda xabar qiladi va mezoniy axborot olingan zahot, efirga uzatiladi.

Haqqoniylik

Muassislar so’zlariga muvofiq, “Amerika Ovozi” insoniyat fikrlariga nisbatan ehtiromli munosabatda bo’ladi. Ayni paytda, “Amerika Ovozi” idan voqelikni to’la va haqqoniyat-la aks ettirish talab qilinadi.

“Amerika Ovozi” xodimlari axborotni qadr-qimmatiga qarab baholaydilar va zo’ravonlikka chorlaydigan, biryoqlama, shov-shuvli, mubolag’ali har qanday ig’voni rad etadilar. Qaydlar to’la va aniq ko’rsatilgan.

“Amerika Ovozi” xodimlari (muxbirlar, stringerlar, yangiliklar, siyosiy mavzular va dasturlar mualliflari) shaxslar va tashkilotlarni ta’riflashda haqoratli so’zlar, tamg’alar, laqablarni qo’llashdan qochadilar.

O’sha shaxs yoxud tashkilotlarning o’zlari xatti-harakatlarini izohlash uchun shunday so’zlardan foydalangan hollar bundan mustasno.

“Amerika Ovozi” xodimlari o’z joriy eshittirishlari davomida voqelikni qalbakilashtirish, yanglish talqin qilish yoxud voqelikka fojeaviy tus berishdan qochadilar.

Jurnalistning ovozi uning voqelikka nisbatan shaxsiy munosabatini bildirsa hamda vaqt nisbatida tahrir qilinsa, xabar boshqa tovush effektlari yordamida, aniqlik va muvozanat asosida uzatiladi. Agar ommaga yanglish axborot uzatish xavfi tug’ilsa, bevosita voqea joyidan yozib olingan ovozlardangina foydalaniladi.

Qamrov va miqyos

“Amerika Ovozi” Qo’shma Shtatlar hamda dunyoni atroflicha yoritadi va dasturlar davomida voqea-hodisalardan voqif etadi. Bu esa, Amerika har doim dunyoning siyosiy, jug’rofiy, madaniy, milliy, diniy va ijtimoiy jihatlarini yoritadi, demak.

Xodimlar “Amerika Ovozi” dasturlarida uzatilayotgan xabarlar va voqea-hodisalarni atroflicha yoritish uchun izlanish olib boradilar.

“Amerika Ovozi” jurnalistlari o’z dasturlari davomida voqea-hodisalarga siyosiy bo’yoq yoxud muayyan yo’nalish berishi mumkin bo’lgan suhbat usullaridan qochadilar. Musiqa tahririyat munosabatini ta’kidlash maqsadida qo’llanilmaydi. “Amerika Ovozi” jurnalistlari muayyan bir tomon fikrini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan har qanday holatni chetlab o’tadilar.

Tartiblar

“Amerika Ovozi” xodimlari rasmiy vazifalarini bajararkanlar, o’zlarining shaxsiy siyosiy qarashlarini “unutadilar”. Aniqlik, sifat, haqqoniyat –“Amerika Ovozi” ning ajralmas jihatlaridir.

Bu jihatlar tinglovchilar “Amerika Ovozi” ini dunyo, mintaqa hamda Amerika yangilik va voqea-hodisalarini xolislik bilan yoritadigan axborot manbai sifatida qabul qilishlariga asoslangan.

Qayd etilganlarga tayanib, “Amerika Ovozi” jurnalistlari quyidagilarga amal qiladilar:

1. Faqat oddiy va nodiplomatik passport bilan safarga borish hamda “Amerika Ovozi” jurnalistlari qo’llanmasida qayd etilgandek, xorijdagi AQSh tashkilotlarining faqat xususiy bo’lim muxbirlaridangina yordam olish;

2. Xodimlarning (muxbirlar, stringerlar) “Amerika Ovozi” dan tashqari, maxsus ruxsatsiz boshqa AQSh Davlat agentliklari, xorijiy mamlakatlar rasmiy ommaviy axborot vositalari hamda xalqaro tashkilotlarda ishlamasliklarini nazorat qilish mas’uliyati yuklangan boshqaruvchiga ko’maklashish;

3. Mualliflik huquqi haqidagi qonunlarga hamda agentlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, iqtibos keltirilganda, boshqa axborot agentliklari, kitoblar, davriy nashrlar yoki har qanday ommaviy axborot vositalari xabarlariga tayanilganda, manbani ko’rsatish.

“Amerika Ovozi” xodimlari, bu me’yor va qoidalarga qo’shimcha, xizmat o’rinlaridagi yoxud xizmatdan tashqari xatti-harakatlari “Amerika Ovozi” hamjamiyatiga bevosita aloqador ekanini tan oladilar.

Ular jurnalistikaning eng oliy kasbiy mahorat va haqqoniyat me’yorlariga tayanadilar. Xodimlar “Amerika Ovozi” faoliyatining samaradorligi hamda ishonchliligini oshirish uchun, o’z xizmat o’rinlarida va dunyo bo’ylab hamkorlik, sofdillik, fuqarolik masalalarini muhokama qilishni yo’lga qo’yishda, hamkasblariga ko’maklashadilar.

XS
SM
MD
LG