Breaking News

AQSh 2015-yilda "W" vizasini joriy etmoqchi


Immigratsiya islohoti tarafdorlari poytaxt Vashingtonda namoyish qilmoqda
Immigratsiya islohoti tarafdorlari poytaxt Vashingtonda namoyish qilmoqda
Qo’shma Shtatlar 2015-yildan boshlab yangi turdagi “W” vizasini joriy etmoqchi. Bu viza bilan AQShga kelganlarda mehmonxona, qurilish, restoran, farroshlik kabi sohalarda ishlash imkoni bo’ladi. Bir yildan so’ng “W” vizasi sohiblari AQShda doimiy qolish uchun hujjat topshirishi mumkin bo’ladi.

Dasturning birinchi yilida 20 ming shunday viza berilishi, so’ng 200 mingga ko’paytirilishi kutilmoqda. Vizalar soni mamlakatdagi ishsizlik sur’ati, mehnat bozori, ishchilarga talabdan kelib chiqib belgilanadi.

“W” vizasining g’oyasi yirik kompaniyalar va kasaba uyushma yetakchilari bilan uchrashuv chog’ida paydo bo’ldi. Undan maqsad AQShdagi 11 million hujjatsiz muhojirni qonuniylashtirish.

Ayni damda Senatda immigratsiya islohotiga doir qonun loyihasi ko’rilmoqda. Prezident Obama senatorlardan hujjat ustida ishni tezroq tugatishni so’ramoqda. Vakillar Palatasida ham o’xshash qonun loyihasi ishlangan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG