Breaking News

Oq uy immigratsiya islohoti haqida nima deydi?


AQShda immigratsiya tizimi islohoti mavzusida jiddiy bahslar ketayogan bir paytda Oq uy muhojirlikka doir yangi qonun loyihasini tayyorlagan. Unga ko’ra, ma’lum shartlarga amal qilgan muhojirlar sakkiz yilda Amerikada doimiy yashash huquqini qo’lga kiritishi mumkin. 11 million noqonuniy muhojirga yangi ta’sis etilgan vizaga hujjat topshirish taklif qilinadi.

Jarayon davomida ular sinchkov tekshiruvdan o’tishi kerak. O’tmishda qonunni buzmagan, jinoyat sodir etmagan bo’lsa, “grin karta” olishiga imkoni yuqori bo’ladi. Shuningdek, noqonuniy muhojirlar yangi viza uchun to’lovlarni hamda Amerikada noqonuniy ishlagan paytida to’lanmagan soliqlarni to’lashi lozim. Arizasi ma’qullansa, ularga to’rt yil Amerikada qonuniy ravishda yashash va ishlashga ruxsat beriladi. To’rt yildan so’ng ular ushbu viza muddatini uzaytirish imkoniga ega bo’ladi.

Sakkiz yillik davr mobaynida muhojirlar ingliz tili va AQSh tarixini o’rganishi kerak. Deportatsiyasini kutayotgan muhojirlar ham yangi vizaga hujjat topshirishi mumkin.

Oq uy hujjatida ish beruvchilardan yangi xodimlarning muhojirlik maqomini tekshirish talab qilinadi.

Kongressda ham immigratsiya islohotiga doir qonun loyihalari ustida ish ketmoqda. Vakillar Palatasi va Senat alohida ishlamoqda. Demokratlar va respublikachilar o’rtasidagi kelishmovchiliklar sabab jarayon sust kechyapti.

Prezident Barak Obamaning aytishicha, agar Kongress hujjatni unga yaqin orada taqdim etmasa, Oq uy qonunchilarga o’z variantini yuborib, darhol ovozga qo’yishni talab qiladi.

Respublikachi senator Marko Rubioning aytishicha, Oq uy loyihasining hozirgi ko’rinishi Kongressda jiddiy qabul qilinmaydi, chunki unda chegara xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan choralar yo’q.

AQShda immigratsiya tizimi isloh qilinadimi? US immigration reform
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:14 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG