AQShda sakkiz demokrat va respublikachi senator immigratsiya tizimini tubdan isloh qilish, jumladan, hujjatsiz muhojirlarga fuqarolikka yo’l ochish rejasi bilan chiqdi.
Prezident Barak Obama bugun bu masalada o’z takliflarini e’lon qiladi. Immigrantlar huquqini himoya qiluvchi tashkilotlar tashabbusdan mamnun.
Senatorlar taklifi qonunga aylansa, nolegal muhojir ro’yxatga olinib, tarjimai holi tekshiriladi. Jarima va soliqlar to’lashi kerak. Shuningdek, u mamlakatda vaqtincha qolish va qonuniy maqomga erishish imkonini izlashi mumkin.
Amerikaga bolaligida kelib qolganlar, qishloq xo’jaligida ishlab davlat ravnaqiga hissa qo’shayotgan immigrantlarga imtiyozlar beriladi. Bundan tashqari, AQSh universitetlarida o’qib, aniq fanlar bo’yicha doktor va magistrlik darajasini olganlarga ham grin karta berish ko’zda tutilmoqda.
Nyu-Yorkdan demokrat senator Charlz Shumer o’zgarish bo’ladi, deydi.
Noyabrdagi saylovlarda 71 foiz lotin amerikalik demokrat Barak Obamaga ovoz bergan. Respublikachi Mitt Romnini esa 27 foiz latinolar qo’llab-quvvatlagan. Romni noqonuniy muhojirlar hayotini shu qadar qiyinlashtiraylikki o’zi ketsin, deya taklif qilgan.
Yangi tashabbusda chegaralarni puxtaroq mudofaa qilish, viza talablarini oshirishni ham nazarda tutadi.
Respublikachi senator, tagi kubalik Marko Rubio mamlakatga kirish-chiqish tartibini mukammallashtirish kerak, deb hisoblaydi.
“Immigratsiyaga doir tartib-qoidani qattiq ushlashimiz lozim, toki kelgusida boshqa bunday muammolar bilan yuzlashib o’tirmaylik”.
Taklif ma’qullansa, hujjati yo’q ishchilar vataniga qaytib o’tirmasdan shu yerdayoq legal maqom istashi mumkin.
Respublikachi senator Jon Makkeyn deportatsiyadan qo’rqib yashayotgan millionlab insonlar bor, deydi.
“Hovlimizni obod qilib, uyimizni chip-chinim saqlayotgan, osh-ovqatimizga qarab, farzandlarimizni katta qilayotgan – immigrantlar. Bu yurt noz-ne’mati, huzuridan ular ham bahramand bo’lsin axir”.
Huquq faollari va ishchilar huquqini himoya qilayotganlar xursand.
Lekin ayrim qonunchilar yangi rejaga qarshi ekanini yashirmayapti. Respublikachi senator Jeff Seshens fikricha hujjat tasdiqlanmasligi mumkin.
Prezident Barak Obama esa rejani olqishlab, unga o’z takliflarini ham kiritish umidida.