Breaking News

Obama chegara muammosini Kongress ishtirokisiz hal qilishi mumkin


Obama chegara muammosini bir o'zi hal qilishi mumkin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:54 0:00

Obama chegara muammosini bir o'zi hal qilishi mumkin

AQSh Kongressi Meksika chegarasidan kirib kelayotgan minglab hujjatsiz muhojirlar muammosini bir yoqli qilmasdan yozgi ta’tilga chiqib ketdi. Masalani prezident Obama farmon bilan hal qilishi mumkin.

Chegara inqirozi davom etmoqda. Muammoni hal etishi kutilgan qonunga imzo chekmay, Kongress tanaffusga chiqib ketdi.

“Qo’shimcha resurslar va Kongress yordamini olmasdan turib, muammoni to’liq yechish imkoniyatiga ega emasmiz. Bu degani, ular ta’tilga chiqqan payt men og’ir qarorlar qabul qilishimga to’g’ri keladi: Kongress bilan yoki Kongressiz”, - deydi prezident Obama.

1-avgust kuni Vakillar palatasi chegara nazoratini kuchaytirish hamda deportatsiya jarayonini tezlatishni ko’zlovchi qonun loyihasini qabul qilgan edi. Ammo u Senatdagi demokratlar tasdig’idan o’tmadi. O’z navbatida respublikachilar prezidentni vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda ayblab, uni sudga tortish to’g’risida ovoz berdi.

“Chegaradagi inqirozni prezidentning o’zi yaratdi. Lekin u bundan hali ham saboq chiqarmadi. Endi u qonunni o’zi xohlagandek qayta yozib, immigratsiya masalasida bir o’zi qaror qabul qilmoqchi. Ogohlantirib qo’yay. Bunday harakat chegarani noqonuniy kesib o’tish holatlarini oshirib, inqirozni yanada kuchaytirib yuboradi”, - dedi respublikachilar sardori Jon Beyner.

Obama Adliya vaziri Erik Xolder va boshqa maslahatchilaridan tavsiya kutmoqda.

Hali bir qarorga kelingani yo’q, deydi Oq uy maslahatchisi Den Pfeyfer.

“Biz chegaradagi vaziyatni, shuningdek, immigratsiya tizimini isloh qilishimiz kerak. Obama qonun doirasida qo’lidan kelgan barcha chorani ko’rmoqchi”, - deydi u.

Qonunchilar sentabrda ishga qaytganidan keyin ham immigratsiya masalasida yangi qonun qabul qilinishiga ishonch kam. Oradan ikki oy o’tib esa Kongressga saylovlar bo’lib o’tishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG