"Vashington choyxonasi" dasturimizning navbatdagi mehmoni - AQShning Nyu-York shahrida tibbiyot markazi ochgan yosh tadbirkor, o'zbekistonlik Sitora Ashrafova.
Sitora 15 yoshida Amerikaga kelib, Nyu-Yorkda o’rta maktabni bitirdi va oliy ma’lumot oldi. Sog’liqni saqlash tizimidagi bir nechta tibbiyot maskanlarida menejerlik lavozimida ishlagan. Hozir o’z biznesini ochib, unga rahbarlik qilib kelyapti.
U bilan AQShda yashash, o'qish va biznes ochishning o'ziga xoh jihatlari, qiyinchilik va mashaqqatlari haqida gaplashdik. Suhbatdoshimiz Amerikaga yangi kelgan muhojirlarga o'z maslahatlarini ham berdi. Suhbatimizni quyida tomosha qiling.
Facebook Forum